Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston va Xitoy o'rtasida bir qator hujjatlar imzolanadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 449           Дата: 16-06-2016, 15:21          
O'zbekiston va Xitoy o'rtasida bir qator hujjatlar imzolanadi

Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) rahbari Si Szinpin 21-24 iyun kunlari O'zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi va ShHT a'zolari bo'lgan Davlat rahbarlari kengashining 15-sammitida ishtirok etadi. Bu haqida Xitoy tashqi ishlar vazirining yordamchisi Li Xueylay ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, XXR rahbarining O'zbekistonga tashrifi Xitoyning O'zbekiston, shuningdek Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar bilan munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishida katta rol o'ynaydi.

"O'zbekiston Xitoyning strategik hamkori hisoblanadi, shuningdek "uch kuch" bilan kurashishda hamda Ipak yo'li iqtisodiy tizimini qurishda muhim ahamiyat kasb etadi", - dedi vazir yordamchisi.

"Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi 24 yillik diplomatik aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanib kelmoqda. Bugungi kunda ikki tomonlama munosabatlar o'z tarixidagi eng yaxshi davrni boshdan kechirmoqda", - ta'kidladi Li Xueylay.

Uning so'zlariga ko'ra, tashrif davomida ikki mamlakat rahbarlari yangi sharoitlarda o'zaro aloqalarning rivojlanishi, Ipak yo'lida iqtisodiy tizimni barpo etish, shuningdek xalqaro va mintaqaviy masalalar borasida fikr almashishadi, hamkorlikning bir qator muhim loyihalarini belgilab olishadi hamda "Xitoy-O'zbekiston qo'shma bayonotini imzolab e'lon qilishadi".

Manbaga ko'ra, ikki mamlakat o'rtasida diplomatiya, savdo-sotiq, iqtisodiyot, intellektual mulk va moliya sohalarida ko'p sonli bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн