Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Alimov: ShHTning Toshkentdagi sammiti Tashkilotning yangi taraqqiyot yo'nalishini belgilab beradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 157           Дата: 15-06-2016, 14:40          
Alimov: ShHTning Toshkentdagi sammiti Tashkilotning yangi taraqqiyot yo'nalishini belgilab beradi

Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) Toshkentdagi sammiti uning rivojlanish yo'lidagi yangi yo'nalishini aniqlab beradi hamda kun tartibidagi asosiy mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilish imkonini yaratadi. Bu haqida ShHT bosh kotibi Rashid Alimov TASS muxbiri bilan kechgan suhbatda ma'lum qildi.

"Biz hozir bor e'tiborimizni yilning eng muhim voqeasi - Toshkentda sammitni o'tkazishga qaratyapmiz, - dedi u. - Bu 15 yillik yubiley sammiti, shu bois biz unga ikki barobar ko'p kuch sarflayapmiz. Har qanday yubiley singari bu ham shu vaqt ichida qanday ishlar amalga oshirilgani va nimalar qilinishi kerakligini tahlil qilish imkonini beradi".

"Tashkilotga a'zo mamlakatlar rahbarlari kun tartibiga qo'yilgan muhim xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilish uchun O'zbekistonning poytaxtida yig'ilishadi, - deya davom ettirdi Alimov. - Toshkentda o'tkaziladigan sammit Shanxay hamkorlik tashkiloti taraqqiyotining yangi yo'nalishini belgilab beradi".

ShHT o'zining 15 yilligini nishonlaydi. ShHT 18ta mamlakatni birlashtiradi, bu dunyo aholisining 44 foizi demakdir. Bugungi kunda ShHTning teng huquqli a'zolari - O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoy. Afg'oniston, Belorusiya, Hindiston, Eron, Mo'g'uliston va Pokiston mamlakatlari kuzatuvchi maqomiga ega. Muloqot bo'yicha sherik maqomi esa Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya, Shri-Lankaga taqdim etilgan. ShHTning 15 yillik sammiti 23-24 iyun kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031