Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkent shahri ShHT sammiti arafasida to'liq «yopilishi» haqidagi xabar inkor etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 481           Дата: 14-06-2016, 12:28          
Toshkent shahri ShHT sammiti arafasida to'liq «yopilishi» haqidagi xabar inkor etildi

Ayrim internet-nashrlarining 23-24 iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti o'tkazilishi munosabati bilan Toshkentning «yopilishi» haqidagi xabarlari dam olish kunlari eng ko'p muhokama qilingan mavzulardan bo'ldi.

Shanba kuni «Novosti Uzbekistana» sayti 16 iyundan «avtomobil va temir yo'l transportining barcha turlari» (keyinroq «respublika ahamiyatiga molik» qo'shimchasi paydo bo'ldi) hamda «ayrim aviatashuvchilar» uchun (mazkur qism o'chirib tashlandi) shaharning yopilishi haqida xabar qoldirdi.

«Gazeta.uz» nashrining huquqni muhofaza qilish organlaridagi axborot manbalari amalga oshirilayotgan xavfsizlik choralari bunday darajadagi tadbirlar uchun standart ekanini ta'kidladi. Shahar chegaralarida nazorat o'tkazishning kuchaytirilishi va hududlar bilan avtobus aloqalarining cheklanishi kabi choralar har yili mustaqillik bayrami (1 sentyabr) arafasida ham kuzatiladi.

Avvalroq chiqib ketgan shaharliklar poytaxtga muammosiz kirishlari mumkin, faqatgina, ehtimol, sinchkovlik bilan tekshiruvdan o'tkazilganlaridan keyin. Shaharning «yopilishi» kirish va chiqishning to'liq to'silishini anglatmaydi, deya qayd etdi «Gazeta.uz» suhbatdoshi.

«O'zbekiston havo yo'llari» Milliy aviakompaniyasi matbuot xizmatidagilar ham sammit o'tkaziladigan sanalarga belgilangan parvozlar amalga oshishi, ayni paytda chiptalar sotilayotganini ma'lum qildi. Jadvalga kiritilgan har qanday o'zgarish, agarda bu sodir bo'lsa, aviakompaniyaning rasmiy saytida e'lon qilinadi.

«O'zbekiston temir yo'llari» AJ vakillari ham ShHTning ikki kunlik sammiti davomida temir yo'l aloqasida hech qanday o'zgarishlar bo'lmasligini xabar qildi.

Qayd etish joizki, avia- va temir yo'l reyslaridagi to'xtalishlar yuqori lavozimli shaxslarning Toshkentga kelishi va undan ketishi vaqtida kuzatilishi mumkin, biroq bu qisqa muddatli xarakterga ega.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031