Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Star Kids International o‘quv markazi “Samarqand Darvoza”da Xalqaro Yer kuni bayramini o‘tkazadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 979           Дата: 21-04-2016, 18:23          
BMTga a’zo 50 dan ortiq mamlakat hammuallifligida tayyorlangan hamda tashkilot Bosh Assambleyasining 2009-yil 22-apreldagi 63-sessiyada qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, har yili 22-aprel kuni butun jahon bo‘ylab Xalqaro Ona Yer kuni nishonlanadi.

Star Kids International o‘quv markazi “Samarqand Darvoza”da Xalqaro Yer kuni bayramini o‘tkazadi

Mazkur bayram sayyoraning turli nuqtalarida istiqomat qiluvchi odamlar uchun eng katta umumiy Uy — Yerga o‘ziga xos minnatdorchilik bildirish imkoniyatini taqdim etadi. Shu kuni dunyo olimlari global ekologik muammolar muhokamasi uchun yig‘iladi, turli mamlakatlarda har xil aksiyalar — anjumanlar, ko‘rgazmalar, avtomobillar harakatini cheklash, hududlarni obodonlashtirish, ko‘chat o‘tqazish kabi tadbirlar tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan, 2016-yilning 22-aprel kuni Toshkentdagi “Samarqand Darvoza” savdo-ko‘ngilochar markazida Star Kids International boshlang‘ich ta’lim markazi tashabbusi bilan Xalqaro Yer kuniga bag‘ishlab, bolalar uchun mo‘ljallangan tadbirlar tashkil etiladi.

Bayramning birinchi qismida “Samarqand Darvoza”ning bolalar o‘yin maydonchasida Star Kids International o‘qituvchilari va animatorlar ishtirokida mahorat mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi. Unda bolajonlar, o‘z tanloviga ko‘ra, xohlasa sopol likopchaga Yer tasvirini tushirishi, yoki bo‘lmasa qayta ishlanadigan materiallardan liboslar “tikishi”, rangli plastilindan turli shakllar yasashi, futbolka va sumkalarga rasm tushirishi mumkin.

Bayramning ikkinchi qismida Star Kids International o‘quvchilari “ikkilamchi xomashyo”dan tayyorlangan liboslar namoyishini o‘tkazadi. Defile yakuniga yetganidan so‘ng, tomoshabinlar va mahorat mashg‘ulotlarida qatnashgan bolalar ishtirokida ekologiya, sayyora musaffoligini saqlab qolishga bag‘ishlangan tanlov o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblari tashkilotchilar va hamkorlar tomonidan mukofotlanadi.

“Daryo” ushbu tadbirning axborot hamkori hisoblanadi

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031