Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uydagi xonadonni arzon sotib olish mumkin. Bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan. Qanday qilib?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 613           Дата: 20-04-2016, 18:59          
Toshkentda ko‘p qavatli yangi uy-joy majmualarining qurilishi jadallik bilan davom etmoqda. Shaharning qariyb barcha tumanlarida bugun kamida besh qavatli yangi qurib bitkazilgan yoki qurilishi endi boshlangan turar-joyga ko‘zingiz tushadi — talabga yarasha taklif.

Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uydagi xonadonni arzon sotib olish mumkin. Bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan. Qanday qilib?

E’tiborli tomoni, xaridorda nafaqat o‘ziga maqbul tuman, daha, majmua, qavat va hokazo ko‘rsatkichlar bo‘yicha uy, balki shu uy uchun to‘lov turini ham tanlash imkoniyati ham bor. Bunda xaridorni faqat va faqat rag‘batlantiradigan variantlar ham borligi kvartiraning bo‘lajak sohiblarini quvontirmasligi mumkin emas.

“Uybor.uz” loyihasi bilan hamkorlikda tayyorlangan navbatdagi maqolamizda Toshkentda shahrida yangi qurilayotgan va kvartiralari bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan (ko‘proq “rassrochka” atamasi mashhurroq va tushunarliroq) sotiladigan kompaniyalar haqida ma’lumot beramiz.

Avvalo, tushunchalar o‘rtasidagi chegarani aniq bilib olish zarur: bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish — uyni ipoteka kreditiga sotib olish emas. Kredit odatda qurib bitkazilgan, tayyor holda topshirilayotgan xonadonlar uchun rasmiylashtiriladi, puli 10—15 yil davomida to‘lanadi va uy narxi ustiga sezilarli foiz qo‘shiladi.

Bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olishning yo‘rig‘i boshqacharoq — u hali qurib bo‘linmagan, lekin qurilishi boshlangan (poydevori qo‘yilgan) uydagi xonadon uchun rasmiylashtiriladi, dastlab kvartira qiymatining ma’lum bir qismi (masalan, 20 foizi) to‘lanadi, qolgani esa qisqa muddat ichida — deylik, 6—12 oy ichida to‘lab bo‘linishi kerak. Yutuqli tomoni, 6—12 oy ichida qurilish mollarining narxi, tayyor xonadonning narxi o‘sishi mumkin, lekin aksariyat hollarda “rassrochka”ga olingan uy narxi o‘zgarmaydi.

Hozirgi vaqtda Bauraum Group, Art Build Plus, Dolores Asia Tours, Semurg Business Invest, Inshoat tamir qurilish loyiha, New Light Invest, Qurilish Industriya Hajmli Uy-joy, Agate Style, OS Minora kabi kompaniyalar Toshkent shahrida qurayotgan ko‘p qavatli turar-joy majmualaridagi xonadonlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotmoqda.

Inshoat tamir qurilish loyiha

Ushbu kompaniya Yakkasaroy tumanida sakkiz qavatli turar-joy majmuasi qurayotgani haqida avvalroq yozgandik. Majmua yashovchisiga aylanishning dastlabki to‘lov miqdori xonadon qiymatining 50 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Qolgan summa uzog‘i bilan bir yil ichida to‘lanishi kerak. Agar olti oy ichida to‘lansa, uy narxiga 10 foiz ustama haq, agar 12 oy ichida to‘lab bo‘linsa, 20 foiz ustama haq qo‘shiladi. Xaridor to‘lovni xohlasa pul o‘tkazish, xohlasa naqd pul ko‘rinishida amalga oshirishi mumkin. Tafsilotlar.

Bauraum Group

Olmazor tumanida qurilayotgan 15 ta ko‘p qavatli uydan iborat “Qorasaroy” uy-joy majmuasi — Bauraum Group’ning loyihasidir. Kvadraturasi 57 kvadrat metrdan 136 kvadrat metrgacha bo‘lgan xonadonlardan birining egasiga aylanish uchun datslab kvartira narxining kamida 25 foizi miqdorida to‘lovni amalga oshirish kerak. Qolgan summani keyingi olti oy ichida to‘lab tugatish talab etiladi. Olti oylik to‘lov davri uchun ustama haq qo‘shilmaydi, to‘lov — pul o‘tkazish yo‘li bilan yoki naqd pul, plastik karta vositasida. Tafsilotlar.

New Light Invest

Mazkur kompaniya xonadonlaridan birini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish niyatida bo‘lgan xaridorlar dastlab uy narxining kamida 25 foizini to‘lashi kerak. Qolgan summani uy qurib bitkazilguniga qadar — 3—4 oy davomida to‘lanishi so‘raladi. Masalan, dastlab 25 foiz to‘lov amalga oshirilsa, keyingi uch oy davomida summaning qolgan 75 foizini har oy teng miqdorda, ya’ni, 25 foizdan to‘lab borish kerak. Tafsilotlar.

Semurg Business Invest

Kompaniya Sergeli-5 dahasida yangi qurilayotgan sakkiz qavatli uydagi xonadonlarni sotib olish istagida bo‘lgan xaridorlar uchun “rassrochka”ning ikki xil variantini taklif qiladi. Har ikkala variantda ham dastlab kamida 25 foizlik birinchi to‘lovni amalga oshirish kerak. Shundan so‘ng, birinchi variant bo‘yicha —summaning ikkinchi 25 foizi 12 oy ichida bo‘lib to‘lanadi, qolgan 50 foizi esa darhol to‘lanishi kerak yoki unga ipoteka kreditini rasmiylashtirish mumkin. Ikkinchi variantda — qolgan 75 foizlik summa ikki yil ichida bo‘lib-bo‘lib tugatilishi kerak. To‘lov — xaridor xohlagan usulda, bo‘lib to‘lash davrida narx ustiga qo‘shimcha foiz yozilmaydi. Tafsilotlar.

Art Build Plus

Qoraqamish dahasida ikkita ko‘p qavatli uy qurayotgan bu kompaniya xaridorlarida ham ikkita variant bor — birinchi uydan xonadon sotib olmoqchi bo‘lganlar dastlabki to‘lovdan qolgan summani olti oy ichida, ikkinchi uydan xonadon sotib olmoqchi bo‘lganlar esa10 oy ichida to‘lab tugatishi kerak. Dastlabki to‘lov hajmi esa — uy qiymatining 50 foizi miqdorida. To‘lov xaridor xohlagan ko‘rinishda amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun, savdoga qo‘yilgan xonadonlarning kvadraturasi 42,3 kvadrat metrdan 114 kvadrat metrgacha farqlanadi. Tafsilotlar.

Dolores Asia Tours

Kompaniya tomonidan “Bunyodkor” ko‘chasi yoqasida qurilayotgan bino 2016 yilda foydalanishga topshiriladi, bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish imkoniyati esa faqat qurilish davri uchun amal qiladi. Shunday ekan, ikki xonadonni qo‘shib, yetti xonali “hovli”ni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan xaridorlarda hali taxminan olti oycha vaqt bor. Kompaniya shartlariga ko‘ra, birinchi to‘lov uy qiymatining kamida 20 foizi (ko‘pi bilan 30 foizi)ni tashkil etadi. Qolgan summa, ta’kidlanganidek, oktyabrgacha to‘lab bo‘linishi kerak. To‘lov davri tugaguncha xonadon narxiga qo‘shimcha foiz hisoblanmaydi, to‘lov esa xaridor uchun qulay usulda. Tafsilotlar.

Qurilish Industriya Hajmli Uy-joy

Kompaniya tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan kvartirani birinchi 40 foizlik to‘lovni amalga oshirib, bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish mumkin. Pulning qolgan qismi bir yil ichida to‘lab tugatilishi talab etiladi. To‘lovni xohlang naqd pul ko‘rinishida, xohlang pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiring. Tafsilotlar.

Agate Style

Kompaniya o‘z ixtiyoridagi xonadonlarni 50 foizlik “rassrochka” bilan sotadi. Ya’ni, dastlab kvartira qiymatining 50 foizini to‘laysiz, qolgan summani qurilish bitgunicha to‘lab tugatishingiz kerak. To‘lovni faqat pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin, kvartira narxi to‘liq summa to‘lab bo‘linmagunicha o‘zgarmaydi. Xaridorlarga taklif qilinayotgan uy bitay deb qolgan. Tafsilotlar.

OS Minora

AQShning Toshkentdagi elchixonasi yaqinida qurilgan yangi to‘qqiz qavatli uydan xonadonlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish mumkin. Dastlabki to‘lov miqdori 25 foizdan kam bo‘lmasligi kerak (birinchi to‘lov miqdoridan kelib chiqib qurilish davrida chegirmalar ham taqdim etiladi). Qolgan summa 12—18 oy ichida to‘lanishi kerak, pul to‘lab bo‘lingunicha shartnoma imzolangan vaqtdagi narx o‘zgarmaydi. To‘lovni istalgan turda amalga oshirish mumkin. Tafsilotlar.

“Uybor.uz” sayti yangi inshoot qurish va sotish bilan shug‘ullanuvchi yuqoridagi barcha tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaydi. Toshkent shahrida yangi inshootlarda sotilayotgan barcha kvartiralarni ko‘rib chiqish istagida bo‘lsangiz, “Uybor.uz”ga o‘tishingizni tavsiya qilamiz.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн