Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda YeI ishtirokida ijtimoiy ko‘mak markazi tashkil etiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 148           Дата: 20-04-2016, 18:59          
O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi tarafidan moliyalashtirilayotgan “Uyga, to‘laqonli hayotga qaytish” (Returning PATH: Promoting Access to Basic Human Rights for Vulnerable Women and Men) loyihasini amalga oshirish boshlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” yozmoqda.

O‘zbekistonda YeI ishtirokida ijtimoiy ko‘mak markazi tashkil etiladi

Loyiha Toshkentda ijtimoiy ko‘mak markazi tashkil etib, u orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ruhiy va huquqiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, ularning kasbiy tayyorgarlik ko‘rishiga ko‘mak berishni ko‘zda tutadi.

Ikki yildan ortiq davom etadigan loyihani Germaniya xalq universitetlari uyushmasi (DVV International) amalga oshirmoqda. U Toshkent shahri va viloyatida istiqomat qiladigan, jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan, giyohvand moddalarga ruju qo‘ygan, OIV va silga yo‘liqqan 1200 erkak va ayolni qamrab oladi.

“Intilish” Respublika axboriy-ma’rifiy markazi negizida tashkil etiladigan yangi muassasada sakkiz xodim ishlaydi, uning faoliyatida, shuningdek, turli tashkilotlarning 220 nafar xodimi ishtirok etadi.

Markazning asosiy vazifalari sirasiga ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari vakillariga yo‘qotilgan ijtimoiy rishtalarni tiklashda, ishga joylashishda va jamiyatda o‘z o‘rnini qidirishga motivatsiya shakllantirishda ko‘maklashish kiradi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн