Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining vazifalari kengaytirildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 825           Дата: 20-04-2016, 12:12          
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-apreldagi 113-son qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Bu haqda “Norma.uz” xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining vazifalari kengaytirildi

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:

— hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini tahlil qilib borish, mavjud nomutanosibliklar, zaxiralar va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xomashyo, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash;

— tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda mintaqaning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;

— hududiy investitsiya dasturlari ishlab chiqishni ta’minlash va amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarish obyektlari qurish va o‘z vaqtida ishga tushirish hamda amaldagilarini modernizatsiyalashning borishi ustidan monitoring olib borish, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini bajarishda ko‘maklashish;

— muhandislik, yo‘l-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini ildam rivojlantirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish;

— qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini maqbul joylashtirishni tahlil qilish va bular yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

— mintaqadagi demografik jarayonlar hamda aholining jins va yosh tarkibini, uning bandlik darajasi va tarkibini tahlil qilish, band bo‘lmagan aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot vazirini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga Iqtisodiyot vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash topshirildi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн