Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Davlat soliq qo‘mitasi elektron xizmatlar portalini ishga tushirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 243           Дата: 20-04-2016, 06:19          
O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi sinov tartibida soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portalini ishga tushirdi. Bu haqda, qo‘mita matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Davlat soliq qo‘mitasi elektron xizmatlar portalini ishga tushirdi

“Elektron soliq xizmatlari” portali aholiga va biznes vakillariga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, xizmatlarning ko‘rsatilishi bilan bog‘liq ma’muriy chiqimlarni kamaytirish, buning natijasi o‘laroq fuqarolarning ko‘rsatilayotgan soliq xizmatlaridan mamnunlik darajasini oshirish maqsadida ishlab chiqildi.

Portalda murojaat yo‘llash, qabulga yozilish, hisobga qo‘ydirish, hisobot jo‘natish, ma’lumotnoma va ko‘chirmalar olish, soliqlarni hisoblash va to‘lash singari 26 turdagi xizmatdan foydalanish mumkin. Sinov tartibida ishga tushirilgan 10 ga yaqin xizmat turi alohida guruhga ajratilgan. Ayrim xizmatlar uchun elektron imzoning bo‘lishi talab etiladi.

Soliq to‘lovchilarning turli kategoriyalari, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun shaxsiy kabinetlar mavjud. Kabinetda budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblarni hamda soliq organlari bilan yozishmalarni kuzatish mumkin.

Soliq to‘lovchilar har bir xizmatga baho berishi, unga izoh yozishi mumkin bo‘lib, bu soliq organlariga fuqarolarning fikrini o‘rganish hamda ularning takliflariga tezkor javob qaytarish imkoniyatini beradi.

Bir oy davomida soliq xizmatlari ham yangi portal, ham qo‘mitaning asosiy sayti orqali ko‘rsatiladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031