Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Moskva davlat universiteti Toshkent filialida ta’lim muassasalarining mahalla bilan hamkorligi muhokama qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 706           Дата: 20-04-2016, 00:40          
M. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahar filialida “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi hamkorligini amalga oshirishdagi ustuvor vazifalar” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Moskva davlat universiteti Toshkent filialida ta’lim muassasalarining mahalla bilan hamkorligi muhokama qilindi

Tadbir ishtirokchilari qatorida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F. Abdurahimova va boshqalar bor edi.

“Farzand tarbiyasida oila bilan birga mahallaning o‘rni ham katta, — dedi tadbir ishtirokchisi — Mirobod tumanidagi Yangi zamon mahallasining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Naima Beknazarova. — Bu mahalla zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Bugungi o‘quv-seminarida ‘Oila – mahalla – ta’lim muassasasi’ hamkorligini yanada kengaytirishga doir ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldik”.

Tadbirda mahallalar va ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning davomati, odob-axloqini alohida nazoratga olish, ularni turli o‘quv va sport to‘garaklariga jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil etildi. Qizlar tarbiyasiga e’tibor qaratish, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashiga ko‘maklashish, erta nikoh va oilaviy nizolarning oldini olish masalalarini umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilariga keng tushuntirib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн