Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentdagi Inha universitetida AKTni rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston—Koreya forumi bo‘lib o‘tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 192           Дата: 19-04-2016, 18:30          
Janubiy Koreyaning AKTni rivojlantirish sohasidagi ilg‘or tajribasi bilan tanishish, shuningdek, o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ko‘magi bilan Toshkent shahridagi Inha universitetida 2016-yilning 18-aprel kuni AKTni rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston—Koreya ilmiy-amaliy forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentdagi Inha universitetida AKTni rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston—Koreya forumi bo‘lib o‘tdi

Forumni tashkillashtirishda LG CNS, Samsung va KT kompaniyalari yaqindan yordam berdi.

Mazkur Forumda ishtirok etish uchun Koreya Respublikasining texnologik rivojlanishi jarayonida bevosita ishtirok etgan AKT sohasining nufuzli ekspertlari, olim va yetakchi tadbirkorlaridan iborat delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi.

AKTni rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston—Koreya ilmiy-amaliy forumi ikkita sessiyaga bo‘lingan edi. Ertalab o‘tgan birinchi sessiyada mahalliy IT-biznes vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida tomonlar ishbilarmon doiralar hamda oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlash borasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Kunning ikkinchi yarmida o‘tgan ikkinchi sessiya davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari vakillari uchun tashkil etilgan edi. Mazkur sessiya qatnashchilari AKT tarmog‘ini rivojlantirishda davlat siyosati, AKTning milliy iqtisodiyot uchun muhimligi, venchur fondlarni tashkil etish kabi masalalarni ko‘rib chiqdi.

Bundan tashqari, forum ishtirokchilari Koreya Respublikasida AKTning rivojlanish bosqichlari bilan tanishib, IT bozoridagi yetakchi kompaniyalarning texnologik va biznes yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Forum doirasida Toshkent shahridagi Inha universitetida Maslahat Kengashini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasidagi biznes vakillari tomonidan imzolandi.

Maslahat Kengashi universitetga barcha sohalarda, jumladan, universitet tomonidan zamonaviy bozor talablariga mos keladigan mutaxassislarni tayyorlash, izlanishlar olib borish, moliyaviy va texnik loyihalarga ko‘maklashuvda, investitsiyaviy loyihalarda maslahat va tavsiyalar beradi.

Maslahat Kengashi a’zolari universitetga ta’lim xizmatlari sifatini oshirishga hamda O‘zbekistonda ta’lim muhitini jahon standartlari darajasida shakllantirishga ko‘mak beradi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн