Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan Tasviriy va amaliy san’at festivali boshlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 095           Дата: 19-04-2016, 18:30          
Toshkentda O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan Tasviriy va amaliy san’at festivali boshlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Toshkentda O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan Tasviriy va amaliy san’at festivali boshlandi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida o‘tgan festivalning ochilish marosimida turli vazirlik va idoralar, ijodiy tashkilotlar vakillari, san’atshunoslar, professor-o‘qituvchilar, rassomlar, hunarmandlar, yoshlar, O‘zbekistondagi elchixonalar va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

An’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivalida o‘zbek xalqining boy merosi, sohadagi zamonaviy tendensiya va yutuqlar namoyish etiladi. Yosh mo‘yqalam sohiblarining ijodi atroflicha tahlil etilib, ularga zarur ko‘mak va maslahatlar beriladi.

Festival O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Tashqi ishlar vazirliklari, Toshkent shahar hokimligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan. Ko‘rgazmalar Markaziy ko‘rgazmalar zali, Toshkent Fotosuratlar uyi, Kamoliddin Behzod nomidagi memorial bog‘-muzeyi, Xalqaro madaniyat karvon saroyi, O‘zbekiston davlat san’at muzeyida o‘tkaziladi. Ularda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, rassomlik va dizayn kollejlari, Badiiy akademiya tizimidagi ta’lim maskanlari o‘qituvchilari va ularning shogirdlari ijodi bilan tanishish mumkin. Festival tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda ham bo‘lib o‘tadi.

“Eng yaxshi o‘quv muassasasi”, “Eng yaxshi murabbiy”, “Eng yaxshi tasviriy san’at yo‘nalishi”, “Eng yaxshi ko‘rgazma” singari ijodiy tanlovlar badiiy ta’limni rivojlantirish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishga xizmat qiladi. Mohir musavvirlar, haykaltaroshlar, usta-hunarmandlar ishtirokidagi mahorat saboqlari talaba-yoshlarning tasviriy san’atga oid bilimlarini boyitadi. Ko‘rgazmalarda yoshlarning ikki mingga yaqin badiiy, amaliy san’at bo‘yicha ijod namunasi namoyish etiladi.

Tasviriy va amaliy san’at festivalining ilk kunida Sog‘lom ona va bola yiliga bag‘ishlangan ko‘rgazma taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardagi san’at o‘quv muassasalari o‘qituvchilarining asarlari namoyish etildi. Markaziy ko‘rgazmalar zalining bir qismida O‘zbekistondagi elchixonalar ko‘magida bir qator xorijiy davlatlarning rassomlari ijodiga oid ko‘rgazmalar uyushtirildi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн