Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda Qandim gazni qayta ishlash majmuasiga tamal toshini qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 280           Дата: 19-04-2016, 18:03          
O‘zbekistonda Qandim gazni qayta ishlash majmuasiga (GQIM) tamal toshini qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Lukoyl” taqdim etgan matbuot xabarnomasida ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda Qandim gazni qayta ishlash majmuasiga tamal toshini qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev, “Lukoyl” OAJ prezidenti Vagit Alekperov, mahalliy hokimiyat va asosiy pudratchi tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi.

“Qandim gazni qayta ishlash majmuasining qurilishi O‘zbekiston gaz boyliklarini o‘zlashtirishda yangi bosqich boshlanganidan dalolat beradi. Ushbu majmua Markaziy Osiyodagi eng yirik majmualardan biri bo‘ladi, uning ishlatilishi esa 2 mingdan ortiq doimiy ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi”, — deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

“Qandim gazni qayta ishlash majmuasi o‘zida eng tajribali xodimlarni hamda eng zamonaviy texnologik yechimlarni jamlash bilan birga unda ishlab chiqarish xavfsizligi, mehnat va atrof-muhit muhofazasiga oid eng yuqori standartlarga rioya etilishi ta’minlanadi. U O‘zbekistondagi bizning eng yirik investitsion loyihamizdir”, — dedi Vagit Alekperov.

Qandim GQIM qurilishi doirasida yillik quvvati 8,1 milliard kubometrga teng bo‘lgan gazni qayta ishlash zavodi hamda tabiiy gazni yig‘ish tizimi barpo etiladi. Ushbu gazni yig‘ish tizimi to‘liq quvvatda ishlashni boshlaganida 114 ta gazni qazib olish qudug‘i, 11 ta kust maydonchasi va 4 ta yig‘ish punktini o‘z ichiga oladi. 370 kilometr uzunlikdagi gaz quvuri va 160 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘llari yotqiziladi. Majmua va infratuzilma obyektlari qurilishining avj pallasida taxminan 7 ming nafar odamni ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Lukoyl” “O‘zbekneftgaz” MXK bilan hamkorlikda “Qandim–Xauzak–Shodi–Qo‘ng‘irot” MTB doirasida Qandim konlari guruhini o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirmoqda. Guruh 6 ta gaz kondensati konlaridan iborat bo‘lib, bular Qandim, Quvachi–Olot, Oqqum, Parsanko‘l, Hoji va G‘arbiy Hoji konlaridir.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн