Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston hukumati 2016-yilda fermerlardan 4 mln tonna meva va sabzavot xarid qiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 084           Дата: 19-04-2016, 18:03          
2016-yilda O‘zbekistonda ho‘l meva va sabzavot mahsulotlari sotib olishga davlat buyurtmasi hajmi 4,077 million tonnani tashkil etadi, shu jumladan, fermer xo‘jaliklaridan 2,545 million tonna, dehqonchilik xo‘jaliklaridan esa 1,532 million tonna mahsulot xarid qilinadi. Bu O‘zbekiston Prezidentining 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz ekinlaridan foydalanish va xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

O‘zbekiston hukumati 2016-yilda fermerlardan 4 mln tonna meva va sabzavot xarid qiladi

Joriy yilda sabzavot mahsulotlari 2,317 million tonna, mevalar 830 ming tonna, uzum 545 ming tonna, poliz ekinlari 283 ming tonna, kartoshka 102 ming tonna miqdorida xarid qilinadi. Mahsulotning yil boshidagi qoldig‘i (455,8 ming tonna) inobatga olinsa, uning umumiy hajmi 4,532 million tonnaga yetadi.

Rejaga binoan, mahsulot umumiy hajmining 2,217 million tonnalik qismi “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi korxonalarida qayta ishlashga yuboriladi, 360 ming tonnasi “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi korxonalariga qish-bahor mavsumi uchun zaxira qilishga yo‘llanadi, 1,477 million tonnadan ortiqroq mahsulot esa “O‘zagroeksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tomonidan eksport qilinadi. Yil yakunida mahsulot qoldig‘i 477,9 ming tonnani tashkil etishi kutilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda, o‘tgan yili O‘zbekistonda 10,128 million tonnadan ko‘proq sabzavot, 2,746 million tonna meva va reza mevalar, 2,696 million tonna kartoshka, 1,853 million tonna poliz ekinlari va 1,579 million tonna uzum yetishtirilgan.

Ilgariroq O‘zbekistonda 2016-yil hosilidan boshlab ho‘l meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari va uzum xaridiga davlat buyurtmasi joriy etilishi ma’lum qilingandi. Ho‘l mevaning sanoat qayta ishlab chiqarishi maqsadida xarid qilinishi joriy yilning fevral oyida tashkil etilgan “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tomonidan, mahsulotni qish-bahor mavsumi uchun saqlash tadbirlari “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tomonidan, eksporti esa yaqinda ta’sis etilgan“O‘zagroeksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031