Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkent hayvonot bog‘ida lama nobud bo‘lgani xabar qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 683           Дата: 19-04-2016, 00:46          
Toshkent hayvonot bog‘i yana bir bor tashrifchilarga murojaat etib, jonivorlarga yemish bermaslikni so‘radi. Hayvonot bog‘ida istiqomat qilib kelgan lamaning o‘lib qolgani buning sababi bo‘ldi. Uning oshqozonidan yeb bo‘lmaydigan ko‘plab predmetlar — polietilen hamda boshqa o‘rash materiallari, plastik idishlar qopqoqlari topildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Toshkent hayvonot bog‘ida lama nobud bo‘lgani xabar qilindi

“Hayvonot bog‘ida jonivorni mehmon qilishni istasangiz, iltimos, juda shirin, ammo sog‘liqqa zarar keltiruvchi biror narsani so‘rayotgan bolalarni esga oling. Shuningdek, farzandingiz yutib yuborib, tiqilib qolmasligi uchun qand va pechenye o‘ralgan qog‘ozni astoydil ochishingizni esga oling. Faqatgina o‘z niyatingiz emas, bizning jonivorlarimiz haqida ham o‘ylab ko‘ring!”, — deyiladi hayvonot bog‘ining Facebook’dagi rasmiy sahifasida chop etilgan murojaatda.

Aytilishicha, Putra laqabli fil istiqomat qiladigan maydonchaga kimdir xavfli ustarani tashlagan, ammo ishchilar buni o‘z vaqtida payqagan. Shalpangquloq echkining volyerida atir qopqog‘i topilgan. Ta’kidlanishicha, echki uni chaynashga uringan, ammo ishchilar bunga yo‘l qo‘ymagan. O‘tgan yili esa Avral laqabli begemot o‘smir tomonidan og‘ziga tashlangan plastik idishni yutib yuborgandi. Vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam tufayli u omon qolgandi. Bundan tashqari, bayonotda tuyaqushlarga ham plastik idish va karam o‘zagi tashlangani esga olindi.

“Hayvonlarga yemish bermaslik, ularni chalkashtirmaslik, ularga turli predmetlarni tashlamaslik borasidagi iltimos va ogohlantirishlarga qaramay, odamlar o‘zlarini mas’uliyatsizlarcha tutib, qoidalarni buzishda davom etmoqda. Bunday tashrifchilarning aybi bilan hayvonot bog‘ida jayronlar, tuyalar, lamalar, tuyaqushlar va boshqa jonivorlar nobud bo‘ldi”, — deyiladi murojaatda.

Jonivorlarga popkorn, muzqaymoq, chipslar, shirin momiq va boshqa shirinliklar taklif etish qat’iyan man qilinadi. Oziq-ovqat qo‘shimchalari — aromatizatorlar, oziq bo‘yoqlari ularda allergik reaksiya keltirib chiqarishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, jonivorlarning surunkali xastaliklarga yo‘liqishiga zamin yaratadi.

“Hurmatli mehmonlar, iltimos, ishoning, hayvonot bog‘ida jonivorlar och qolmaydi. Bizning jonivorlarimiz maxsus ishlab chiqilgan ovqatlanish ratsionlari bo‘yicha barcha zaruriy yemish bilan kerakli miqdorda ta’minlanadi. Jonivorlaga yemish bermang, ularning sog‘lig‘ini va hayotini asrab qoling!”, — deb xulosa qildi bog‘ vakillari.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн