Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi “O‘zbekoziqovqatzaxira”ga aylantirildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 916           Дата: 18-04-2016, 18:39          
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 8-apreldagi qarori bilan “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va saqlash bo‘yicha korxonalar uyushmasiga aylantirildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

“O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi “O‘zbekoziqovqatzaxira”ga aylantirildi

Hujjatda ta’kidlanishicha, uni tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsad meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va saqlash tizimini ichki iste’mol bozorini, birinchi galda, qish-bahor mavsumida to‘yintirish uchun takomillashtirish, saqlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy qilish yo‘li bilan mahsulot hajmidagi yo‘qotishlarni qisqartirish, shuningdek, ombor xo‘jaligi va muzlatish xonalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirishdir.

Yangi struktura respublikaning barcha mintaqalari bo‘yicha ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, uzum va poliz ekinlarini sotib olish, saqlash hamda yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan 47 korxonani birlashtiradi.

“O‘zbekoziqovqatzaxira” fermerlik va dehqonchilik xo‘jaliklari hamda agrofirmalardan mahsulot sotib olish, uni ichki iste’mol bozorini to‘yintirish va narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida qish-bahor mavsumi uchun saqlash bo‘yicha shartnomalar tuzadi.

Uyushmaning boshqa vazifalari qatorida mahsulotni xarid qilish va yetkazib berishda zamonaviy logistika tizimini joriy etish, uning tarkibidagi korxonalarni rivojlantirish uchun investitsiyalar jalb qilish, shaharlarda sifatli mahsulot realizatsiyasi uchun yarmarka savdolarini o‘tkazish, shuningdek, uzoq mintaqalar aholisini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash ko‘rsatilgan.

Ilgariroq O‘zbekistonda 2016-yil hosilidan boshlab ho‘l meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari va uzum xaridiga davlat buyurtmasi joriy etilishi ma’lum qilingandi. Ho‘l mevaning sanoat qayta ishlab chiqarishi maqsadida xarid qilinishi joriy yilning fevral oyida tashkil etilgan “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tomonidan, mahsulotni qish-bahor mavsumi uchun saqlash tadbirlari “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tomonidan, eksporti esa yaqinda ta’sis etilgan “O‘zagroeksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031