Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Sehrli sarpo” yoki zamonaviy kelinning mukammal majmuasi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 545           Дата: 18-04-2016, 12:33          
To‘yga tayyorgarlik — har bir qizning hayotidagi eng hayajonli damlardan biri. Sarpo yig‘ayotgan qiz oilaviy hayotga ilk qadamlarni qo‘yadi. Unga haqiqatan ham quvonch baxsh etuvchi va shu bilan birga yaqinlarini hayratlantiruvchi sepni to‘g‘ri tanlay bilish muhim.

“Sehrli sarpo” yoki zamonaviy kelinning mukammal majmuasi

E’tiboringizga kelinning eng optimal “mo‘jiza-sandig‘i”ni batafsil ko‘rib chiqish uchun havola etamiz.

Bejirim idish-tovoqlar va oshxona anjomlari

Mehmonlarni hayratlantirish uchun eng maqbul variant — bu 12 kishiga mo‘ljallangan tilla suvi yuritilgan nozik naqshinkor oshxona anjomlari. Odatda to‘plamga katta, o‘rtacha va kichik likopchalar, kosalar, choy qoshiqlari, sho‘rva idishi, salat idishchalari, tuzdon va murchdon kiradi. Servizga qo‘shimcha nozik konfet idishchalari, shamdonlar va qadahlar tanlab olish mumkin.

Servizlar bahosi 4 million so‘mdan boshlanadi, qadahlarning narxi esa 2 million so‘m atrofida.

Servizga yana 12 kishiga mo‘ljallangan po‘lat yoki tillarang oshxona anjomlarini qo‘shish mumkin. Oshxona anjomlarining keng tanlovi Hisari Karaca turk brendi tomonidan namoyish qilingan. To‘plamlarning qulayligi shundaki, ular oson yig‘iladigan ko‘rkam jomadon yoki qutichalarda yetkaziladi.

Bahosi 1 million 300 ming so‘mdan boshlanadi.

“Sehrli sarpo” yoki zamonaviy kelinning mukammal majmuasi

“Sehrli sarpo” yoki zamonaviy kelinning mukammal majmuasi

Dasturxon va qo‘l sochiqlar

Har bir qiz nafaqat tayyorlagan mazali taomi bilan, balki chiroyli bezatilgan dasturxoni bilan ham maqtana olishi kerak. Shuning uchun sarpo to‘plamiga dasturxon va qo‘l sochiqlar ham kiritilgan. Dasturxonning rangi och kremrang yoki fil suyagi rangida, naqshlar yoki nozik munchoqlar, Swarowski toshlari bilan bezatilgan bo‘lishi mumkin. Dekorativ uzukli qo‘l sochiqlar dasturxonning uslubiyatini to‘ldiradi.

Dasturxonning bahosi 700 ming so‘mdan, qo‘l sochiqlar 60 ming so‘mdan, dekorativ uzukchalar to‘plami esa 123 ming so‘mdan boshlanadi.

Uy tekstili

Sifatli tekstil har bir qizga turmushga chiqqandan so‘ng uyda qulaylik va uyg‘unlik yaratishga yordam beradi. Shuning uchun sarpoda albatta yotoqxona choyshabi, par yostiqlar va hashamatli adyol to‘plami bo‘lishi shart. Yotoqxona dekorini tugallash uchun dekorativ yostiqchalarni ham tanlab olish mumkin.

Yotoqxona choyshabining bahosi matoning sifatiga qarab 400 ming so‘mdan boshlanadi.

“Sehrli sarpo” yoki zamonaviy kelinning mukammal majmuasi

“Sehrli sarpo” yoki zamonaviy kelinning mukammal majmuasi

Hammom xalatlari va sochiqlar to‘plami

“Mo‘jiza sandig‘i”da albatta kelin va kuyov uchun alohida hammom sochiqlari bo‘lishi kerak. Sochiqlarga qo‘shib hammom xalatlari to‘plamini tanlab olish mumkin. Ular shunchalik mayin va yoqimliki, ish kunidan keyin ularni kiyib olsangiz, charchog‘ingiz tarqab ketadi.

To‘plam bahosi 800 ming so‘mdan boshlanadi

Oshxona anjomlari

Oshxonani qanday qilib qulay kastryulka va oshxona anjomlari kabi yordamchi idishlarsiz tasavvur qilish mumkin?! Ular kelinlarga mazali tushlik va kechki ovqatlarni tayyorlashga yordam beradilar. 3–4 buyumdan iborat to‘plamlarni tanlash maqsadga muvofiqdir. Masalan, 3 ta kastryulka qopqog‘i bilan va bitta tova yoki 2 ta tova va 2 ta kastryulka. Qiymatiga ko‘ra to‘plam alohida olgandan ko‘ra ancha arzon. Tanlovda diqqatni qoplamga qaratish lozim: u albatta tagiga olmaydigan bo‘lishi kerak.

Oshxona anjomlari to‘plamining bahosi 800 ming so‘mdan boshlanadi.

“Sehrli sarpo” yoki zamonaviy kelinning mukammal majmuasi

Dekor uchun qo‘shimcha aksessuarlar

O‘zbekistonda har bir qizning sarposiga an’anaviy tarzda chiroyli gilamlar ham qo‘shiladi. Ko‘rkam gilamlarni xonaning o‘lchami va umumiy interyerga moslab tanlash kerak.

Gilamlarning bahosi 400 ming so‘mdan boshlanadi.

Señor&Señorita do‘konidagi choyshablar, servizlar va oshxona anjomlarining to‘plamlari o‘zining takrorlanmas bejirim ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Barcha mahsulotlar yuqori sifatli tabiiy materiallardan yasalgan. Tovarlarning batafsil katalogi ayollar onlayn-jurnali Señor&Señorita’da namoyish etilgan. Jurnal sahifalarida moda, go‘zallik olami, yulduzlar hayotiga doir yangiliklar bilan tanishishingiz va qiziqarli tanlovlarda ishtirok etishingiz mumkin.

To‘y — inson hayotida bir marta bo‘ladigan hodisa, shuning uchun sevimli insonlaringiz uchun faqat eng yaxshisini tanlang, toki ular uzoq yillar sizga xizmat qilsin, birgalikda o‘tkazgan har bir kuningizdan zavq va baxt oling.

Señor&Señorita do‘koni manzili: MediaPark savdo markazi Qoratosh, 2-qavat.

Mo‘ljal: O‘zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi

Murojaat uchun telefon: (99871) 202-77-00

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031