Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Islom Karimov Ko‘ksaroyda Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan muzokaralar o‘tkazdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 023           Дата: 16-04-2016, 00:04          
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov taklifiga binoan O‘zbekistonga kelgan Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev tashrifining asosiy tadbirlari 15-aprel kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Islom Karimov Ko‘ksaroyda Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan muzokaralar o‘tkazdi

Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘istonning turli sohalardagi hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Ikki davlat rahbarlari Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashar ekan, ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlik ta’minlanishi va iqtisodiyot tiklanishidan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Afg‘onistonda harbiy kuch ishlatish yo‘li bilan tinchlik o‘rnatib bo‘lmasligi, BMT shafeligida qarama-qarshi tomonlar o‘rtasida siyosiy muzokaralar o‘tkazish va o‘zaro kelishuvga erishish eng to‘g‘ri va yagona yo‘l ekanligi qayd etildi.

Prezidentlar Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolar suv resurslari mintaqaning umumiy boyligi bo‘lib, xalqlar farovonligi ko‘p jihatdan ulardan oqilona va samarali foydalanishga bog‘liq ekanligini bildirdi. Transchegaraviy daryolarda gidroenergetika inshootlari qurish masalasida BMT konvensiyalari va boshqa xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga qat’iy rioya qilish zarurligi qayd etildi.

Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Orolbo‘yidagi ekologik vaziyatni yaxshilash hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan loyiha va dasturlarni amalga oshirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Muzokarada savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi izchil o‘sib bormoqda. 2015-yil yakunlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 3 milliard dollardan ziyodni tashkil qilgan. 2007—2016-yillarga mo‘ljallangan Iqtisodiy hamkorlik strategiyasiga muvofiq savdo, sarmoya, transport, kommunikatsiyalar, bojxona, suv-energetika va innovatsiya yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar samarasi o‘zaro aloqalarga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlamoqda.

Muzokarada O‘zbekiston va Qozog‘istonning foydalanilmagan resurslarini ishga solish o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish imkonini berishi ta’kidlandi. Tovar ayirboshlashning o‘suvchan dinamikasini saqlab qolgan holda uning hajmini yanada ko‘paytirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish, eksport-import nomenklaturasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Qo‘shma korxonalarni ko‘paytirish, tadbirkorlar hamkorligini rivojlantirish ikki mamlakat manfaatlariga xizmat qilishi qayd etildi.

Uchrashuvda ijtimoiy sohadagi aloqalarni kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Ochiq va do‘stona ruhda o‘tgan muzokarada o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari belgilab olindi.

Shu bilan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga amaliy tashrifi nihoyasiga yetdi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн