Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Islom Karimov ShHTga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan uchrashdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 510           Дата: 15-04-2016, 00:00          
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 14-aprel, payshanba kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari rahbarlari, shuningdek, ShHT Bosh kotibi va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Islom Karimov ShHTga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan uchrashdi

Davlat rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, Shanxay hamkorlik tashkiloti o‘n besh yillik faoliyati davomida nufuzli va samarali xalqaro tashkilot sifatida mustahkam qaror topgani, uning faoliyati tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qilayotganini e’tirof etdi.

O‘zbekiston tashabbusi bilan 2004-yilda tashkil etilgan, ShHTning muhim va samarali instituti bo‘lgan Xavfsizlik kengashlari kotiblari yig‘ilishi tashkilot hududida xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha tomonlar faoliyatini muvofiqlashtirib borishda muhim vazifani bajarib kelmoqda.

Prezident Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari hududida terrorizm, ekstremizm va separatizm ko‘rinishlari, shuningdek, boshqa tahdid va xavf-xatarlarning oldini olish, ularni bartaraf etish borasida muhim qarorlar ishlab chiqish va amalga oshirishda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ham alohida o‘rin tutayotganini ta’kidladi.

Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston delegatsiyalari rahbarlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining Toshkentda o‘tkazilgan o‘n birinchi yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan mulohazalarini keltirib o‘tdi, samimiy qabul uchun Prezidentga minnatdorlik bildirdi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн