Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Banandan OITS va gepatit B virusi yuqadimi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 554           Дата: 14-04-2016, 18:03          

Nima bo‘ldi?

Ijtimoiy tarmoqlarda ichida qizil dog‘i bor banan suratlari ilova qilingan “vahimali xabarlar” faol tarqatildi, tarqatilmoqda. Yozishlaricha, bunday “bananlarning ichi qon bilan to‘la”, “shunday bananlar tufayli bir necha bolaning ichi buzilib, kasalxonaga keltirilgan”. “Banan sotib olmang!”, — deb qat’iy ogohlantirayotgan xabar mualliflarining ta’kidlashicha, bunday bananlar OITS va gepatit B viruslarini tashiydi.

Banandan OITS va gepatit B virusi yuqadimi?

Rostdan ham banan orqali OITS va gepatit B yuqishi mumkinmi?

Yo‘q. OITS va gepatit B faqat qon orqali yuqadi. O‘zbekiston Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi o‘rinbosari Nuriddin Toshboyevning “Darakchi” gazetasiga ma’lum qilishicha, “ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, mazkur kasalliklarning banandan yuqishi borasidagi fikrlar asossiz”. Sababi, infeksiyaning yuqishi uchun sharoit bo‘lishi kerak — banan va boshqa meva gepatit B yoki OITS kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlantirilgan holda ham, u yerda virus rivojlanadigan muhit yo‘qligi sabab nobud bo‘ladi.

O‘zbekistonda bo‘lmasa ham, boshqa biror joyda kimdir shu kasalliklarni banan orqali yuqtirgandir balki?

Odamlar banandan OITSni yuqtirib olishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar yaqin xorij mamlakatlarida deyarli har yili paydo bo‘ladi. Masalan, 2014-yili Qozog‘istonda OITS nafaqat banandan, balki apelsindan ham yuqishi haqida gap-so‘zlar tarqatilgan, 2015-yili Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi aholi orasida vahimani bosish uchun banan orqali OIV yuqishi imkoni yo‘qligi haqida bayonot bergan, mish-mishlar Chechenistongacha yetib borgan. Uning kelib chiqish tarixi esa Buyuk Britaniyaga borib taqalishi haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin.

O‘zi meva-cheva orqali biror kasallik yuqadimi?

Ha, yuqishi mumkin. Masalan, mevalarni yuvmasdan iste’mol qilganda yuqumli ichak kasalliklarining qator turlari bilan zararlanish mumkin. Ayniqsa, ifloslangan suv orqali gepatitning A turi yuqishi ehtimoli mavjud.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн