Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bojxona xodimlari neft va yoqilg‘i-moylash mahsulotlarining chegaradan yashirin olib o‘tilishining oldini oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 375           Дата: 14-04-2016, 18:03          
Neft va yoqilg‘i-moylash mahsulotlarining bojxona chegaralari orqali yashirin ravishda olib o‘tilishi va ichki hududda noqonuniy aylanishining oldini olish borasida bojxona xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar xodimlari bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar doimiy ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bojxona xodimlari neft va yoqilg‘i-moylash mahsulotlarining chegaradan yashirin olib o‘tilishining oldini oldi

Toshkent viloyati “S. Najimov” bojxona posti orqali kirib kelgan farg‘onalik X. Sodiqov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) boshqaruvidagi yuk avtotransporti mobil skaner qurilmasi yordamida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda avtoulovga yasama bak o‘rnatilgani fosh bo‘ldi. Haydovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatmasdan, og‘zaki so‘rov vaqtida ma’lum qilmasdan, yashirin ravishda qo‘lbola bakda 1080 litr dizel yoqilg‘isini noqonuniy ravishda respublikaga olib kirishga uringani aniqlandi.

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Karmana tumanida harakatlanayotgan Isuzu yuk avtomashinasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida 3150 litr benzin yoqilg‘isi hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, qiymati 7,2 million so‘mdan ortiq neft mahsuloti qorako‘llik S. Jo‘rayevga tegishli ekan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxonachilari esa neft mahsulotlarining yashirin “ombor”ini fosh qildi. Xo‘jayli tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida dastlab fuqaro X. Shamuratov 40 litr dizelni pullayotgan vaqtda qilmishi fosh etilib, uning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda 18,5 million so‘mlik 5300 litr dizel yoqilg‘isi noqonuniy ravishda saqlanayotganligi aniqlandi.

Hamkorlikdagi tezkor tadbir davomida hazorasplik R. Olimov boshqaruvidagi DAF rusumli yuk avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, haydovchi yukxonadagi 144 dona temir va yelim idishlarga joylashtirilgan 31 350 litrdan ortiq benzin yoqilg‘isini noqonuniy ravishda olib ketayotganida bojxona xodimlariga tegishli bironta hujjatni taqdim qila olmadi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн