Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yangi tizim – omonatchilar xizmatida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 314           Дата: 14-04-2016, 12:21          
Bugungi jadal rivojlanish davri har bir sohada izlanishni, yangi-yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etishni talab qilmoqda. Shundan kelib chiqib, mamlakatimizdagi yirik moliya muassasalaridan biri – “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki mutaxassislari yaqinda respublikamizda birinchilar qatori omonatchilar uchun “Biometrik identifikatsiyalash” tizimini ishga tushirdi.

Yangi tizim – omonatchilar xizmatida

“Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Prezidentimizning 2012-yil 21-martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan ushbu xizmat turining afzal jihatlari talaygina. Masalan, u bilan, avvalo, mijozlarga omonatlar bo‘yicha jarayon ularning ishtirokisiz amalga oshirilmasligi yuz foiz kafolatlanadi.

Shuningdek, ushbu tizim orqali bank omonatchilari o‘rnatilgan qo‘shimcha monitor orqali o‘z omonat hisobvaraqlari bo‘yicha bajarilayotgan amaliyotni real vaqt rejimida nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

“Biometrik identifikatsiyalash” tizimida omonatchilarni ro‘yxatga olish “ARM depozit” dasturi yordamida mijozning pasport ma’lumotlari hamda omonatga qabul qilinayotgan pul miqdori kiritilishi orqali amalga oshiriladi.

Maxsus monitorda esa kirim qilinayotgan omonat summasi raqam va so‘zlarda aks etadi. Shundan so‘ng dastur omonatchining barmoq izlari namunasini olish uchun maxsus qurilmaga ularni qo‘yishni so‘raydi. Bunda, omonatchining xohishiga ko‘ra, istalgan barmoq izi ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.

Olingan namunalar kompyuter bo‘limida joylashgan serverda saqlanadi. “ARM depozit” dasturiga barmoq izlari tasdiqlanganligi yuzasidan xabar kelgach esa omonat hisobvarag‘i avtomatik tarzda ochilib, pul mablag‘lari kirim qilinadi.

Omonat bo‘yicha kirim va chiqim harakatlari bajarilganda, dastur tomonidan monitorda operatsiyalarni tasdiqlash uchun omonatchining barmoq izlarini identifikatsiyalash talab etiladi. Omonatchi kirim va chiqim summalari to‘g‘riligini ko‘rib, barmoq izlari bilan chiqim yoki kirim operatsiyalarini tasdiqlaganidan so‘ng hujjatlar avtomatik tarzda kassa kompyuterida ko‘rinadi. Shundan keyin omonat kassasi xodimlari dasturda shakllangan kirim yoki chiqim orderlarini printerda chiqaradi.

Agar omonatchining o‘rniga boshqa shaxs operatsiyani bajarmoqchi bo‘lsa, tizim bunga yo‘l qo‘ymaydi.

“Turonbank”da, shuningdek, “ARM Reteyl” dasturi joriy qilindiki, natijada omonatlar bo‘yicha rasmiylashtiriladigan barcha hujjat, xususan, omonat daftarchalarini avtomatik tarzda chop etish imkoniyati yaratildi. Bu bilan omonat amaliyotlarini bajarish muddati sezilarli darajada qisqardi.

Ma’lumot uchun aytib o‘tish joizki, ayni paytda 1 milliondan ziyod jismoniy va 20 mingdan ortiq yuridik shaxslarga, shu jumladan, 100 mingdan ko‘proq omonatchiga xizmat ko‘rsatayotgan “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki SWIFT, Thomson Reuters singari xalqaro tashkilotlar hamda Visa xalqaro to‘lov tizimining a’zosi hisoblanadi. Moliya muassasasining samarali faoliyati xalqaro reyting agentliklari tomonidan bir necha bor yuqori baholangan.

Bankda ishga tushirilgan yangi tizim esa kelgusida uning faoliyati yanada samarali va barqaror bo‘lishiga xizmat qiladi, albatta.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031