Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Termizda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 490           Дата: 12-04-2016, 18:35          
Termizda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovining tashkiliy-huquqiy asoslari mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Boysun, Muzrabot, Sherobod, Termiz, Qiziriq, Angor tumanlari Kengashlarining saylovni tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, tuman va shahar bo‘linmalari mas’ul xodimlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ishchi guruhi rahbarlari ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zA.

Termizda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016-yil 5-martda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, joriy yil may-iyun oylarida o‘tkaziladigan fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga Surxondaryo viloyatida ham qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Saylovni tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tashkil etilib, tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Fuqarolar yig‘inlarida ishchi guruhlari tuzilib, ularga bu borada muayyan bilim va tajribaga ega bo‘lgan faollar jalb etilgan.

Bu yilgi saylovlarda viloyat bo‘yicha 832 fuqarolar yig‘ini raisi va ularning 8400 dan ortiq maslahatchisi saylanadi.

Seminarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining saylovni tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi va ishchi guruhlarining asosiy vazifalari, saylovning huquqiy asoslari, hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari xususida atroflicha ma’lumot berildi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031