Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Karyera kuni” tashkil etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 922           Дата: 12-04-2016, 00:00          
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Iqtisodiyot fakulteti hamda Magistratura bo‘limi tomonidan “Karyera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri o‘tkazildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Karyera kuni” tashkil etildi

Tadbirda Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, “O‘zbekenergo”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Turonbank”, “Aloqabank”, “O‘zagrosug‘urta”, ALSKOM, “Imkon Plyus”, NEXT savdo-ko‘ngilochar majmuasi, Anglesey Food, “Korzinka.uz”, Redtag, CityTaxy, Pepsi Uzbekistan, “Planeta masterov”, LG kabi tashkilot va muassasalar, kompaniyalar ishtirok etdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Karyera kuni” tashkil etildi

Mazkur “Ish o‘rinlari yarmarkasi” ni o‘tkazishdan maqsad quyidagilardan iborat:

  • bitiruvchilarni ish beruvchilar tomonidan taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish, shuningdek, ularga mehnat bozori, mutaxassislarga ehtiyoj, korxona va tashkilotlarda ishga joylashish imkoniyatlari, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berish;
  • bitiruvchilarning maxsus, kasbiy va malakaviy bilimlari, qobiliyat hamda malakalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ish beruvchilarga taqdim etish;
  • ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan universitet o‘rtasida integratsion aloqalar o‘rnatish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish, bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish, ishga taqsimlash va joylashtirish bo‘yicha shartnomalar tuzish;
  • ish beruvchi korxona va tashkilotlarda bitiruvchilarning malakaviy amaliyot, stajirovkalarini o‘tkazish masalalarini muhokama qilish.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Karyera kuni” tashkil etildi

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Iqtisodiyot fakultetida bakalavriatning 5 ta ta’lim yo‘nalishi hamda magistratura bo‘limida 19 ta mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031