Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Navoiyda o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylov jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 572           Дата: 12-04-2016, 00:00          
Navoiyda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovining tashkiliy-huquqiy asoslari mavzusida seminar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.

Navoiyda o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylov jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi, xalq deputatlari viloyat Kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Senat a’zolari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahalliy hokimliklar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Bugungi kunda viloyatda 343 ta o‘zini o‘zi boshqarish organi faoliyat ko‘rsatmoqda. Qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlarining jamiyat hayotidagi mavqeini yanada mustahkamlash uchun zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016-yil 5-martda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, joriy yil may—iyun oylarida O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Navoiy viloyatida ham ushbu muhim jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

– O‘zini o‘zi boshqarish organlarida saylovlarning qonunchilik tamoyillari asosida o‘tishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyati bo‘limi raisi N.Isoqov. – Viloyat va hududiy ko‘maklashuvchi komissiyalar tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda ayni masalalarga alohida ahamiyat qaratilib, yig‘inlar huzuridagi ishchi guruhlar a’zolarining bu boradagi bilim va malakasi oshirilmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн