Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Qazaqstan temir joli” MK AJ delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 358           Дата: 11-04-2016, 18:02          
2016-yil 8-aprel kuni “Qazaqstan temir joli” MK AJ delegatsiyasi kompaniya prezidenti Asqar Mamin boshchiligida O‘zbekistonga ishchi tashrif bilan keldi. Bu haqda UzDaily xabar beradi.

“Qazaqstan temir joli” MK AJ delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Tashrif davomida delegatsiya O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Botir Zokirov, Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Ochilboy Ramatov tomonidan qabul qilindi.

Muzokaralar davomida tomonlar transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada o‘stirish masalalarini muhokama qildi.

Yuk tashish hajmini oshirish maqsadida tomonlar moslashuvchan tarif siyosatini davom ettirish haqida kelishib oldi. Tomonlar don, un, boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, paxta tolasi, mineral o‘g‘itlar, rangli metallar va boshqa yuklarni tashish uchun tranzit tariflar bo‘yicha chegirmalar taqdim etish ehtimolini ko‘rib chiqdi.

Tomonlar ikki mamlakat korxonalari ishlab chiqargan temir yo‘l transportiga mo‘ljallangan mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishi aytildi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasidagi muzokaralar natijasiga ko‘ra tegishli bayonnoma imzolandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031