Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Amir Temur tavalludining 680 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 888           Дата: 10-04-2016, 00:02          
9-aprel, shanba kuni Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Sohibqiron tavalludining 680 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, deputatlar, hukumat a’zolari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Amir Temur tavalludining 680 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi Nozim Habibullayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali, yuridik fanlar doktori, professor Akmal Saidov, Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jak-Anri Ols Amir Temur shaxsi, buyuk xizmatlarini ta’kidlab o‘tdi. “Amir Temur tavalludining 680 yilligiga – 680 ming qadam” shiori ostida Shahrisabzdan Toshkentga piyoda kelgan 65 yoshli havaskor sportchi Abdujabbor Xolboyev Sohibqiron ruhi unga ma’naviy kuch bag‘ishlagani haqida so‘zladi.

“Yoshlar Amir Temur bobomizning ibratli hayoti, adolatparvarlikka yo‘g‘rilgan faoliyati haqida dunyo olimlari tomonidan bildirilgan fikrlarni o‘zbek, ingliz, rus, fransuz, yapon va boshqa tillarda o‘qib berdi. Tadbir qatnashchilari Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘ydi.

Temuriylar tarixi davlat muzeyida ‘Amir Temur va Temuriylar davridagi ilm-fan va madaniyat rivojining jahon tamaddunidagi o‘rni’ mavzuida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Temuriylar tarixiga oid eng yaxshi tasviriy va publitsistik asarlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi”, — deyiladi O‘zA xabarida.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031