Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Muslimbek Yo‘ldoshev marhum suxandonlar xotirasiga bag‘ishlangan she’rini e’lon qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 722           Дата: 9-04-2016, 12:44          
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli suxandon Muslimbek Yo‘ldoshev Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida marhum hamkasblari xotirasiga bag‘ishlab yozilgan she’rini e’lon qildi, deya xabar beradi “Darakchi.uz”.

Muslimbek Yo‘ldoshev marhum suxandonlar xotirasiga bag‘ishlangan she’rini e’lon qildi

Suxandon marhum hamkasbi va yaqin do‘sti Abdumo‘min O‘tbosarovning vafot etganiga 100 kun to‘lganini ma’lum qilib, bag‘ishlovda uni va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yuritgan Mirzohid Rahimov, Rahmatilla Mirzayev, O‘ktam Jobirov, Davron Zunnunov, Halima Yusupova kabi suxandonlarni xotirladi.

Yana qaytar gulgun bahorlar,
Qaytmas mening qadrdonlarim.
Bu gullar dilimga ozorlar,
Qayda otam, onajonlarim.

Novdalarda yashnagan bodroq,
Chakkamda oq, dil fig‘onlarim.
Uchib tushgan har bir gulyaproq,
Yaqinlarim, jigarjonlarim.

Boshim uzra vizillar varrak,
Chayqaladi birga qonlarim.
Bu – ketganlar ruhidan darak,
Bevaqt ketgan do‘st-yoronlarim.

Yugurgilar buzib olamni,
Ko‘zim nuri bolajonlarim.
Eshitmaydi ko‘ngil nolamni,
Qo‘msaganim gulxandonlarim.

Armon bu bir to‘lmas tubsizlik,
Yetmas unga dil vayronlarim.
Kengaymoqda har kun yolg‘izlik,
Ko‘paymoqda g‘uj armonlarim.

Qanday lobar, qanchalar latif,
Chehrangiz xush, o‘t zabonlarim.
Qay makonni shodon gullatib,
Yuribsizlar suxandonlarim?

Abdumo‘min va Rahmatullo,
Usta O‘ktam va Davronlarim.
Halima, Mirzohid, yo, Olloh,
Qayda birga bo‘lgan onlarim?

Qaytaverar bu bahor gulgun,
Qaytaverar, kelmay qolmaydi.
Ammo qaytmas, ketganlar butkul,
O‘ksik dilim endi to‘lmaydi.

Sizlar bilan edi shodligim,
Sizga edi obro‘, shonlarim.
Sizsiz tatirmikin borligim,
Ko‘p sog‘indim, asl jonlarim.

Yana qaytar gulgun bahorlar…
Qaytmaysiz a, qadrdonlarim?

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн