Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 198           Дата: 8-04-2016, 12:47          
Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

“Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi

“Turkiston” saroyida tashkil etilgan ekspozitsiyada oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiyot preparatlari, maishiy texnika, liboslar, mebel mahsulotlari, zargarlik bezaklari, gilamlar, qurilish materiallari va boshqa ko‘plab mahsulotlar taqdim etildi. Har bir eksponent stendida tadbirkorlik faoliyatining yutuqlari va imkoniyatlari namoyish qilindi.

An’anaga ko‘ra, “Turkiston” saroyida “Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarining nomi tantanali ravishda e’lon qilindi.

G‘oliblar uchta asosiy – “Yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi fermeri” va “Yilning eng yaxshi hunarmandi” yo‘nalishlari, shuningdek, “Yilning eng yosh tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi tadbirkor ayoli”, “Eng yaxshi innovatsion loyiha”, “Yoshlar uchun eng ko‘p ish o‘rinlari tashkil qilgan tadbirkor”, “Mening Vatanim – mening faxrim”, “Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi”, “Oziq-ovqat sanoatida yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi mahsuloti”, “Yilning eng yaxshi eksportchisi” va “Eng yaxshi mas’uliyatli ijtimoiy sherik” kabi qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi.

“Yilning eng yaxshi tadbirkori” nominatsiyasida Namangan viloyatidan Aisha Home Textile qo‘shma korxonasi rahbari Jobir Kamoliddinov g‘olib bo‘ldi. Mazkur korxona to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Toshkent viloyatidan Ismatilla Dadaboyev “Yilning eng yaxshi fermeri” deb topildi. Uning rahbarligidagi xo‘jalikda paxta va g‘alla yetishtiriladi, qoramol va parranda parvarish qilinadi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qayta ishlanadi.

Toshkent shahridan Madina Qosimboyeva “Yilning eng yaxshi hunarmandi”, deb e’lon qilindi. U kashtachilik va so‘zana mahsulotlari ishlab chiqaradi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Апрель 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
    3456789
    10111213141516
    17181920212223
    24252627282930