Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“UyBor.uz” portali Toshkent shahridagi kvartiralarning mart oyidagi ijarasiga oid ma’lumotlarni keltirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 940           Дата: 8-04-2016, 06:52          
2016-yilning mart oyida Toshkent shahridagi xonadonlar ijarasining o‘rtacha narxlari fevral oyi bilan solishtirilganda 4,6% ga arzonlashdi va 1 kvadrat metr uchun ijara qiymati 6,2 shartli birlikni tashkil eta boshladi.

Mart oyida kvartiralarning ijara haqi Toshkent shahrining tumanlarida turlicha o‘zgardi. Xususan, Olmazor, Sirg‘ali va Yashnobod tumanlarida ijara haqining pasayish suratlari yuqori bo‘ldi. Shayxontohur, Yunusobod va Chilonzor tumanlarida esa ijara haqining ko‘tarilishi kuzatildi.

“UyBor.uz” portali Toshkent shahridagi kvartiralarning mart oyidagi ijarasiga oid ma’lumotlarni keltirdi

Toshkent shahri bo‘yicha ijaraga beriladigan eng qimmat xonadonlar Mirobod tumanida joylashgan bo‘lib, ushbu hududda 1 kv.m. uchun ijara narxi mart oyida 7% ga kamayib, 7,4 sh.b. ni tashkil etdi. Ijaraga beriladigan eng arzon kvartiralar esa Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanida joylashgan bo‘lib, mazkur hududda kvartiralar ijarasining o‘rtacha 1 kv.m. 3,0 sh.b. ni tashkil etmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, tumanlar ichidagi narxlarda ham ancha sezilarli tafovutlar mavjud. Xususan, ijaraga berish uchun taklif etilayotgan xonadonlarning eng qimmatlari Toshkent shahrining Taras Shevchenko va Nukus ko‘chalarida hamda Markaziy univermag va Oybek metrosi atroflarida joylashgan.

“UyBor.uz” portali Toshkent shahridagi kvartiralarning mart oyidagi ijarasiga oid ma’lumotlarni keltirdi

Shuningdek, ijaraga berilayotgan xonadonlar soni bo‘yicha Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari yetakchilik qilmoqda, mazkur tumanlar Toshkent shahridagi jami ijaraga berilayotgan xonadonlar bo‘yicha taklifning 56 foizini tashkil etmoqda. O‘z navbatida, ijaraga berilayotgan xonadonlarning keyingi o‘rinlari Yunosobod va Yakkasaroy tumanlariga to‘g‘ri keladi va ular jami taklifning 15 va 10 foizini tashkil qilmoqda.

Talab nuqtai nazarida, Toshkent shahrida ikki va uch xonali kvartiralarga qiziqish katta bo‘lib, ular jami talabning 71 foizini tashkil etadi.

“UyBor.uz” portali Toshkent shahridagi kvartiralarning mart oyidagi ijarasiga oid ma’lumotlarni keltirdi

Toshkent shahrida ijaraga berilayotgan xonadonlarning o‘rtacha narxi 1 xonali kavrtiralar uchun 232 sh.b., 2 xonalilari uchun 350 sh.b. va 3 xonalilari uchun 523 sh.b. ni tashkil etdi.

Ba’zi tumanlar bo‘yicha kvartiralar ijara narxlari (sh.b. da ko‘rsatilgan)

1 xona 2 xona 3 xona Mirobod 344 467 595 Yakkasaroy 137 363 683 Shayxontohur 255 398 615 Mirzo Ulug‘bek 206 320 496 Olmazor 224 289 481 Yashnobod 157 227 397 Yunusobod 127 264 320 Chilonzor 170 231 342 Toshkent shahri bo‘yicha o‘rtacha narx 232 350 523

Ushbu narxlar tanlangan toifadagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardir. 100—150 sh.b. oralig‘ida ijara uchun arzon kvartiralar bo‘yicha takliflar shahar markazidan uzoqdagi Feruza, TTZ, Qorasuv mavzesi hamda Sirg‘ali, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida mavjud. Tabiiyki, ijaraga berilayotgan xonadonlar narxlariga kvartiraning qulay joylashuvi va undagi xonalar sonidan tashqari xonadoning umumiy holati, unda mebel va maishiy texnikaning mavjudligi, jamoat transportining yaqinligi kabi qator omillar ta’sir ko‘rsatadi.

Ijaraga qo‘yilgan kvartiralar bo‘yicha to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz http://uybor.uz/ru/arenda ga kirishingiz mumkin.

Ushbu ma’lumotlar “UyBor.uz” portalida ijaraga berilayotgan takliflarning o‘rtacha narx ko‘rsatkichlari asosida tayyorlangan. “Uybor.uz” va / yoki “Daryo” nashri ma’muriyati, ushbu hisobot asosida qabul qilingan qarorlar uchun javobgar emas. Ko‘chmas mulk ijarasi masalasida professional maslahatga ega bo‘lish uchun Ko‘chmas mulk agentiklariga murojaat eting.

Reklama huquqi asosida

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031