Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Nega Toshkent metrosida hojatxonalar ko‘zda tutilmagan?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 966           Дата: 7-04-2016, 00:11          
Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarini ham sarlavhadagi savol o‘ylantirgan bo‘lsa ajab emas. Chindan ham, nega metroda jamoat hojatxonasi yo‘q? VOT tahririyati bu savolga javob topishga harakat qildi. 

Nega Toshkent metrosida hojatxonalar ko‘zda tutilmagan?

Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, metro avtobus, tramvay yoki yo‘nalishli taksi kabi jamoat transportining bir turi. Aytaylik, avtobusda shunday manzil yo‘qligidan shikoyat qilish hech kimning xayoliga kelmaydi. Qolaversa, metro yer ustidagi istalgan transport turidan tezroq harakatlanadi. 

Toshkent metrosi bekatlari qurilishida jamoat hojatxonalari loyihalashtirilmagan. Kanalizatsiya, tozalash inshootlari qurilishining o‘zi ham muammoli jarayon, undan tashqari, poytaxt tozalash inshootlari, qoidaga ko‘ra, metro sathidan yuqorida joylashgan. 

Toshkent metrosi strategik muhim obyekt hisoblanadi, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, yong‘in va portlashga sabab bo‘ladigan buyumlar qoldirilishi oldini olish uchun ham jamoat hojatxonalari qurilishi mumkin emas. Sanitariya-gigiyena me’yorlarini ham unutmaslik lozim: tabiiy ventilyatsiya bo‘lmagan yopiq yerosti sharoitida hojatxonalardan doimiy foydalangan taqdirda bekatlardan yoqimsiz hid arimay qoladi. 

Nega Toshkent metrosida hojatxonalar ko‘zda tutilmagan?

Shu bilan birga, bolalar, qariya yoki homilador ayollar zarurat tug‘ilganda xizmat hojatxonasidan foydalanishi mumkin. Metro yo‘lovchilari shunday iltimos bilan murojaat etgan holatlar bo‘lgan. 

Garchi xalqaro amaliyot yerostida jamoat hojatxonalari bo‘lishini istisno etmasa-da, yuqoridagi sabablarga ko‘ra Toshkent metrosida ularning paydo bo‘lishi maqsadga muvofiq emas. Buning o‘rniga bekatlar yaqinida jamoat hojatxonalari joylashtirilsa yoki biohojatxonalar bilan bog‘liq g‘oyalarni targ‘ib etilsa foydadan xoli bo‘lmasdi. 

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031