Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bojxona xodimlari tomonidan 212 million so‘mga teng naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 335           Дата: 5-04-2016, 12:05          
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari bojxona chegaralari orqali naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib o‘tilishiga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bojxona xodimlari tomonidan 212 million so‘mga teng naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi

Natijada, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Toshkent xalqaro aeroporti orqali bojxonachilar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 58 ta bojxona qoidabuzarlik holatida 212 million so‘mdan ortiq ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy ravishda olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.

Jumladan, Olmaota shahriga parvozi oldidan qo‘shni davlat fuqarosi A.Sergeyeva (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) bojxona nazorati vaqtida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, cho‘ntagida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan 2100 AQSh dollarini yashirgancha olib chiqishga uringani fosh bo‘ldi.

Poytaxtdan Yekaterinburgga uchish oldidan bojxona ko‘rigi davomida navoiylik T.Zafarova sumkasidagi 2400 AQSh dollarini yo‘lovchi bojxona bayonnomasida aks ettirmaganligi aniqlandi. Novosibirskka parvoz qilayotgan rossiyalik N.Ivanovaga tegishli sumka bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, unga noqonuniy tarzda olib chiqish maqsadida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan 4200 AQSh dollari yashirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Bangkokka otlangan buxorolik J.Olimova 4910 AQSh dollarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd qilmaganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031