Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda jamoat transportidan foydalanishning yangi tariflari joriy etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 234           Дата: 4-04-2016, 09:01          
Toshkent shahar hokimi “Yangi tariflar joriy qilinishi to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati ma’lum qilgan. 

Toshkentda jamoat transportidan foydalanishning yangi tariflari joriy etildi

Qarorga ko‘ra, joriy yilning 1–aprelidan boshlab jamoat transportidan foydalanishda quyidagi tariflar belgilangan:

Shahar yo‘lovchi tashish transporti – avtobus, tramvay va metroda yurish uchun cheklangan tariflar:

  • Bir yo‘lovchi uchun – 1200 so‘m;
  • Bir yo‘lovchining bagajini tashish bo‘yicha xizmat uchun – 2400 so‘m.

Yer usti transporti – avtobus va tramvayda yurish uchun oylik yo‘l chiptalarining narxlari:

  • “A” seriyasidagi umumiy oylik yo‘l chiptasi – 120000 so‘m;
  • “N” seriyasidagi nafaqadorlar uchun oylik yo‘l chiptasi – 60000 so‘m;
  • “T” seriyasidagi talabalar uchun oylik yo‘l chiptasi – 60000 so‘m;
  • “O‘” seriyasidagi o‘quvchilar uchun oylik yo‘l chiptasi – 60000 so‘m;
  • “AVTOBUS” seriyasidagi oylik yo‘l chiptasi – 96000 so‘m.

Yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida bitta yo‘lovchini 1 kilometr masofaga tashish uchun cheklangan tarif qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan qo‘shib hisoblaganda 130 so‘m, yo‘nalishli taksilarning masofasi 11,5 kilometrdan kam bo‘lgan yo‘nalishlarda yo‘l haqining eng kam miqdori 1500 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda. Yo‘lovchilarga yo‘l haqini to‘lashda qulaylik yaratish maqsadida yo‘nalishli taksilarda yo‘l haqlari miqdori 100 so‘mgacha yaxlitlashtiriladi.

Yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchilarni tashishda yo‘l haqining cheklangan narxi (1 kilometr masofa uchun):

  • “Ekonom klass” toifasidagi (Matiz, Spark, Nexia rusumli) avtomobillar uchun – 600 so‘m;
  • “Biznes klass” toifasidagi (Cobalt, Lacetti, Epica rusumli) avtomobillar uchun – 900 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta Toshkentda jamoat transporti narxi 2014-yilning 15-iyunida oshirilgandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн