Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 912           Дата: 2-04-2016, 09:40          
2016-yil 1-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi

Yalpi majlisning ikkinchi kunini senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqishdan boshladi. Hisobotni muhokama qilish chog‘ida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni bildirdi.

Shundan so‘ng senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2015-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitdi. Senatorlar Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatining samaradorligini – ham davlat ekologik nazoratining, ham jamiyat ekologik nazoratining ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan taklif va tavsiyalarni bildirdi.

Shundan so‘ng senatorlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish, O‘zbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Favqulodda va muxtor elchisini tayinlash to‘g‘risidagi masalalarni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ko‘rib chiqdi.

Barcha ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Senatning ikki kunlik majlisi chog‘ida 14 ta masala, shu jumladan, demokratik, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil chuqurlashtirishga, Asosiy qomus qoidalarini amalda ro‘yobga chiqarishga, mamlakatdagi investitsiyaviy muhitning o‘ziga jalb etuvchanligini oshirishga, tadbirkorlik subyektlari uchun ishchanlik muhiti va qulay shart-sharoitlar yaratishga, aholining turmush darajasini yanada yuksaltirishga, mamlakatimizda barqarorlik hamda farovonlikni mustahkamlashga qaratilgan to‘rtta qonun ko‘rib chiqildi.

Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн