Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston Mehnat vazirligida AQSh Mehnat vazirligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 611           Дата: 1-04-2016, 15:22          
Amerika tomoni tashabbusi bilan O‘zbekiston Mehnat vazirligida AQSh Mehnat vazirligi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi axborot xizmati xabar beradi.

O‘zbekiston Mehnat vazirligida AQSh Mehnat vazirligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Muloqot chog‘ida Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Prezidentining farmoniga ko‘ra, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi Mehnat vazirligi sifatida qayta tuzilgani haqida amerikalik hamkasblarini xabardor qildi.

Respublikada xalqaro mehnat standartlariga rioya qilishni ta’minlash chora-tadbirlariga to‘xtalar ekan, Abduhakimovning qayd etishicha, 2014—2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasida munosib mehnat to‘g‘risida maxsus dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, mamlakat hukumati tomonidan O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari va qonunchilik aktlarini ijro etish choralari tasdiqlangan.

Mehnat vazirligi tomonidan www.fbm.uz (Feedback Mechanism) sayti yaratilib, u orqali ishchilar va fuqarolar, o‘z mehnat huquqi va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Mehnat huquqiy nazorati davlat inspeksiyasiga murojaat qilishi mumkin.

Uchrashuv nihoyasida, E.Bil qabul uchun tashakkur izhor qilar ekan, O‘zbekistonning nafaqat xalqaro tashkilotlar, balki AQSh Mehnat vazirligi bilan ham ijobiy va konstruktiv hamkorlik qilayotganini e’tirof etdi. Muloqot yakunlariga ko‘ra, Amerika tomoni ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga tayyorligini ma’lum qildi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031