Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentga kelgan Zidan, 500 mln evaziga “Real” o‘tishga rozi bo‘lgan Messi, 5000 ta Korzinka.uz supermarketi. 1-aprel hazillari dayjesti

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 246           Дата: 1-04-2016, 12:34          
1-aprel — Kulgi kunida O‘zbekiston va chet el ommaviy axborot vositalari o‘z mushtariylariga turli hazil xabarlarni ulashmoqda. Ularning ba’zilari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Zayniddin Zidan Toshkentga ikkinchi bor tashrif buyurdi

Toshkentga kelgan Zidan, 500 mln evaziga “Real” o‘tishga rozi bo‘lgan Messi, 5000 ta Korzinka.uz supermarketi. 1-aprel hazillari dayjesti

Xabar berishlaricha, Zidan 29-mart kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston — Bahrayn uchrashuvini “Bunyodkor” stadionidan tomosha qilib, O‘zbekiston milliy terma jamoasining ismi oshkor etilmayotgan futbolchisi harakatlarini diqqat bilan kuzatgan. Shuningdek, u “Kelin-kuyov” teleshousi muallifi va boshlovchisi Soat Sharipov bilan uchrashib, jumladan, shunday degan: “Siz qanchalik tez gapirsangiz, men o‘z futbolchilarim shunchalik tez yugurishlarini xohlayman”.

Messi 500 million yevro evaziga “Real Madrid”ga o‘tadi

Toshkentga kelgan Zidan, 500 mln evaziga “Real” o‘tishga rozi bo‘lgan Messi, 5000 ta Korzinka.uz supermarketi. 1-aprel hazillari dayjesti

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Real Madrid” bilan besh yillik shartnoma borasida kelishib oldi, deb yozadi Goal. Xabar berishlaricha, Madrid klubi “Barselona”ga 250 million yevro to‘laydi, shuningdek, transfer bilan bog‘liq boshqa xarajatlar uchun yana shuncha pul sarflaydi. “Mendek inson xuddi Roman Abramovichniki kabi katta yaxtaga egalik qilishi kerak”, — deya Messining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.

Har bir podyezd oldida bittadan Korzinka.uz supermarketi quriladi

Toshkentga kelgan Zidan, 500 mln evaziga “Real” o‘tishga rozi bo‘lgan Messi, 5000 ta Korzinka.uz supermarketi. 1-aprel hazillari dayjesti

2016-yil oxirigacha O‘zbekistonda 5 mingta supermarket quriladi — mamlakatdagi har bir podyezd oldida bittadan Korzinka.uz bo‘ladi. Bu haqda supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov ma’lum qilgan, deyiladi Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida.

Fuqarolarning shiyponcha orqali qabul qilingan murojaatlari 30 kun emas, 10 kunda ko‘rib chiqiladi

Toshkentga kelgan Zidan, 500 mln evaziga “Real” o‘tishga rozi bo‘lgan Messi, 5000 ta Korzinka.uz supermarketi. 1-aprel hazillari dayjesti

UZINFOCOM markazining ma’lum qilishicha, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunga tuzatish kiritilgan. Unga ko‘ra, har bir tashkilot o‘z hududida chiroyli shiyponcha qurishi kerak. Shiyponcha orqali berilgan murojaatlar tezroq — 30 kun ichida emas, 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

Turmush o‘rtog‘ining kotibasi tomonidan aldangan Nilufar Usmonova

Toshkentga kelgan Zidan, 500 mln evaziga “Real” o‘tishga rozi bo‘lgan Messi, 5000 ta Korzinka.uz supermarketi. 1-aprel hazillari dayjesti

Xonanda Nilufar Usmonova 1-aprel kuni qanday qaltis hazil qilishganini so‘zlab berdi, deb yozadi “Darakchi.uz” internet-nashri. “2—3 yil avval turmush o‘rtog‘imning qo‘l telefoni o‘chiq bo‘lgani uchun, ofisiga qo‘ng‘iroq qildim. Kotiba go‘shakni ko‘tarib: ‘Xo‘jayin ishda emas, xorijga safarga ketdi, aytmaganmidi?’, dedi. Avvaliga hayron bo‘ldim, keyin jahlim chiqdi”, — deydi xonanda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн