Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkent transport muammolarini qanday hal qiladi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 111           Дата: 31-03-2016, 15:14          
28-mart, dushanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Toshkent shahri hokimi Rahmonbek Usmonov transport muammolari qanday yo‘llar bilan hal qilinishi, shuningdek, jamoat transporti infrastrukturasida yaqin kelajakda bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida batafsil gapirib berdi. “Gazeta.uz” matbuot anjumani tafsilotlarini keltirmoqda.

Toshkent transport muammolarini qanday hal qiladi?

Toshkent ko‘chalarida avtomobil transporti miqdorining tez sur’atlarda o‘sib borishi ko‘plab magistral va chorrahalarda tirbandliklarni keltirib chiqarmoqda. 10 yil muqaddam shaharda 220–230 ming xususiy va 30–35 ming tashkilotlarga qarashli avtomobil bor edi, bugun esa bu ko‘rsatkichlar 340–345 ming hamda 70 mingga tengdir.

2011-yilda Toshkent transport magistrallarini istiqbolda rivojlantirishning yangilangan konsepsiyasi qayta ko‘rib chiqilib, tasdiqlangan edi. 2030-yilga qadar mo‘ljallangan yo‘l tarmoqlarini rivojlantirish dasturi qabul qilingan bo‘lib, hozir u bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda, deb ta’kidladi hokim.

2015-yilda eski shahar qismida 5,1 kilometr uzunlikdagi Nurafshon ko‘chasi qurildi. Uning ochilishi avtotransport vositalarining shahar markaziga kechishini bir qadar yengillashtirdi. Ilgari “Beruniy” metro bekatidan shahar markaziga mashinada 20–25 daqiqa yo‘l yurilgan bo‘lsa, hozirda bu vaqt 6–7 daqiqani tashkil etmoqda.

Toshkent transport muammolarini qanday hal qiladi?

Ayni paytda Chilonzor, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlaridagi ko‘chalarning yuklanganlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Bu masalani hal qilish maqsadida Nurafshon ko‘chasi Beruniy ko‘chasidan Oqtepa maydoniga qadar uzaytiriladi. Bu boradagi loyihaviy ishlar o‘tgan yili yakunlangan edi, qurilish ishlari shu oyda boshlanishi kutilmoqda. Qurilish ko‘p vaqt olmaydi — Rahmonbek Usmonovning ta’kidlashicha, yo‘l yaqin besh-olti oyda ochilishi kutilmoqda.

Toshkent transport muammolarini qanday hal qiladi?

Parallel ravishda Nukus ko‘chasini sobiq “Toshtekstilmash” zavodi hududi orqali Shota Rustaveli va Muqimiy ko‘chalari kesishadigan chorrahaga qadar uzaytirish ishlari boshlandi. Bu uchastkaning uzunligi 1 kilometrdan kamroq bo‘ladi, qandaydir obyektlarning buzib tashlanishi talab etilmaydi, negaki uning qurilishi ancha oldin ko‘zda tutilgan edi.

Toshkent transport muammolarini qanday hal qiladi?

Bu ikki yo‘l bo‘limlarining ochilishi bilan Toshkentda 22 kilometr uzunlikdagi uchinchi halqa yo‘li hosil bo‘ladi, bu esa, o‘z navbatida, shaharning markaziy qismidagi avtotrafikning biroz kamayishiga xizmat qiladi. Halqa yo‘lida har xil sathdagi uchta yo‘l o‘tkazgich bino etiladi: birinchisi — Oqtepa maydonidan, ikkinchisi — Shota Rustaveli va Muqimiy ko‘chalarining kesishuvidan, uchinchisi — Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalarining kesishuvidan o‘tadi.

Toshkent transport muammolarini qanday hal qiladi?

Bu yo‘l o‘tkazgichlar chorrahalarda svetoforsiz harakatni ta’minlab, avtotransport oqimini birmuncha tezlashtiradi. Hisob-kitoblarga qaraganda, Oqtepa maydonida avtotransport vositalari harakati jadalligi soatiga 10,5 ming mashinani tashkil etadi, mo‘ljallangan ko‘rsatkich esa 8 ming mashinaga teng. Xuddi shunday, Rustaveli–Muqimiy chorrahasida soatiga rejadagi 6 ming o‘rniga 11,5 ming, Bunyodkor–Muqimiy chorrahasida rejadagi 6 ming o‘rniga 8,5 ming mashina harakatlanadi.

Toshkent transport muammolarini qanday hal qiladi?

Keyingi yilda, shuningdek, Sag‘bon ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li kesishuvida yangi yo‘l o‘tkazgich qurilishi boshlanadi. Bugungi kunda ushbu chorrahaning o‘tkazish salohiyati soatiga 5,4 ming mashinani tashkil etadi, ammo u orqali soatiga 12 ming avtomobil harakatlanadi, ya’ni disbalans 222 foizga tengdir.

Rahmonbek Usmonov amaldagi olti tramvay yo‘nalishlarining yopilishi haqidagi axborotni tasdiqladi. Uning tushuntirishicha, hozirda ushbu transport vositasidan kuniga 20–25 ming yoxud yiliga 10–11 million yo‘lovchi foydalanadi. Qiyos uchun, avtobuslar har kuni 720–730 ming, metro — 200 ming, yo‘nalishli taksilar — 70–80 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.

“Agar tramvay yo‘lovchilarning 15–20–25 foizini tashiganida, bu bizni o‘ylantirib qo‘ygan bo‘lardi. Ammo tramvayga yo‘lovchi tashishning 3 foizi to‘g‘ri kelmoqda, shu bois biz tramvay harakatini yopish hamda yo‘llarni rekonstruksiya qilish, avtobuslar va yo‘nalishli taksilarni ko‘paytirish to‘g‘risida taklif kiritdik”, — dedi u.

Toshkentda jami 87 tramvay vagoni mavjud bo‘lib, ulardan 51 tasi yaroqli holatdadir. Har kuni xizmatga o‘rtacha 48 vagon chiqadi. Foydalanilayotgan tramvay yo‘llarining uzunligi 82 kilometrni tashkil etadi.

Rahmonbek Usmonov, shuningdek, 2011-yilda tramvay yo‘llari poytaxt markazidan olib tashlanganini, 2015-yilda esa 13-tramvay yo‘nalishi qisqartirilganini eslatib o‘tdi. Uning so‘zlariga qaraganda, qisqartirilgan uchastkada yo‘l qoplamasining rekonstruksiya ishlaridan so‘ng harakat oqimi me’yoriga keltirilgan, avtobuslarning ekspluatatsion tezligi esa oshgan.

Bundan tashqari, tramvay yo‘llarining 90 foizi zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularni ta’mirlashga esa ulkan mablag‘ sarflanishi ma’lum qilindi. Bitta yo‘lovchini tramvayda tashish tannarxi 2864 so‘mga teng, yo‘lkira narxi esa 1000 so‘m.

“Bu juda katta xarajat”, — deb tan oldi shahar rahbari.

Yaqin ikki oy ichida barcha tramvay yo‘nalishlari bosqichma-bosqich yopiladi, ularning o‘rniga tegishli belgi va raqamlarga ega avtobus yo‘nalishlari ochiladi. Olti yo‘nalishga jami 80 ta Isuzu avtobuslari jalb qilinadi, ayrim yo‘nalishlardagi avtobuslar miqdori tramvaylar miqdoridan ko‘proq bo‘ladi. Jumladan, 12-yo‘nalishda 1–2 dona tramvay ishlayotgan bo‘lsa, endilikda ularning o‘rnini 10 ta avtobus egallaydi, 13-yo‘nalishda esa 18 ta avtobus harakatlanadi.

13-yo‘nalishga avtobuslar, ilgari rejalashtirilganiday, 1-maydan emas, 5-apreldan chiqariladigan bo‘ldi. Tramvay yo‘nalishi yopilishidan ikki hafta oldin aholi tramvay va avtobuslardagi e’lonlar orqali bundan boxabar etiladi.

Tramvaylarning avtobuslar bilan almashtirilishi grafigi

1-apreldan:

  • T12 (“Beshqayrag‘och” – “Beruniy” metro bekati) — 10 avtobus;
  • T26 (Qo‘yliq-6 – “Toshkent” vokzali) — 11 avtobus;

1-maydan:

  • T9 (Chilonzor-25 – “Toshkent” vokzali) — 18 avtobus;
  • T13 (Qo‘yliq-markaz – “Toshkent” vokzali) — 18 avtobus;

1-iyundan:

  • T8 (“Beshqayrag‘och” – Oqtepa maydoni) — 10 avtobus;
  • T17 (“Beshqayrag‘och” — Ippodrom) — 13 avtobus.

Sentabrga qadar shaharda 87,8 kilometr tramvay relslarining demontaj ishlari o‘tkaziladi (oyiga o‘rtacha 15 kilometr). Buning hisobiga yo‘llarni kengaytirish rejalashtirilmoqda. Shimoliy vokzaldan Taraqqiyot ko‘chasigacha hamda “Do‘stlik” metro bekatidan “Yangiobod” dahasigacha boradigan ishlatilmaydigan rels uchastkalarida demontaj ishlari tugatilgan. Relslarning bir qismi (Lutfiy, Muqimiy, Mehrjon-Sayhun ko‘chalarida) asfalt bilan qoplanadi. Shu tariqa, joriy va keyingi bir necha yilda 49,7 kilometr yo‘l rekonstruksiya qilinadi.

Toshkent transport muammolarini qanday hal qiladi?

Kengaytirilishi talab etilmaydigan ko‘chalarda (Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, Ohangaron shossesi, Bunyodkor shoh ko‘chasi, jami 30,3 kilometr) obodonlashtirish ishlari o‘tkaziladi.

Toshkent transport muammolarini qanday hal qiladi?

Tramvay xo‘jaligining taqdiriga to‘xtalar ekan, hokim yarim yildan buyon vagonlarning boshqa davlatlardagi potensial xaridorlari bilan yozishmalar olib borilayotganini qayd qilib o‘tdi. Ekspluatatsiya muddati tugagan eski tramvaylar esa hisobdan chiqariladi.

“Jamoat transportining kelajagini metro bilan bog‘layapmiz, — so‘zida davom etdi Usmonov. — Bugun Toshkent metrosi bor quvvatida ishlamayapti. Yaqin kelajakda Yunusobod yo‘lining uch yangi bekatini qurish ishlari boshlanadi”.

U aniq muddatlarni aytmadi, ammo bir paytlar to‘xtatib qo‘yilgan loyihalashtirish ishlari uch yil muqaddam qaytadan boshlanganini eslatib o‘tdi.

Shuningdek, u “Olmazor” metrosidan Sirg‘aliga qadar “tezkor tramvay” harakati yo‘lga qo‘yilishi borasidagi gap-so‘zlarga izoh berdi. Aniqlashtirilicha, bu tramvay emas, Chilonzor metro yo‘lining davomi ekan.

“‘Olmazor’ bekatidan boshlab metro tashqarida harakatlanadi”, — aniqlik kiritdi bu masalaga shahar ma’muriyati rahbari.

Bu yo‘l aholisi bugungi kunda 150 ming kishini tashkil etadigan, ammo yaqin yillarda 250–300 mingga yetishi kutilayotgan olis Sirg‘ali tumanidagi transport xizmatiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkonini beradi. Kelajakda metropolitenning boshqa yo‘llari ham shu tarzda uzaytiriladi.

Yuqorida tavsiflangan rejalarning amalga oshirilishi yaqin 30–40 yil davomida shaharda transport sohasida biror muammo kelib chiqishidan xavotirlanishga o‘rin qoldirmaydi, deb ishontirdi Rahmonbek Usmonov.

“Hozirgi paytda yo‘llar — shaharliklar oldidagi eng katta burchimizdir”, — dedi u. Hokim Sariko‘l va yana ayrim yo‘llardan yurishga o‘zi ham uyalishini tan oldi.

“20–30 yildan beri ta’mirlanmagan yo‘llar bor, ammo bu muammo hal etilmoqda. Bu mahallalar ichidagi yo‘llarga ham taalluqlidir”, — deb qo‘shimcha qildi Usmonov.

Shuningdek, kelajakda yo‘llar taqsimotining Yevropa standartlariga o‘tilishi shubhasiz ekanligi aytildi. Bugun harakatlanish bo‘laklarining kengligi 3,5–3,7 metrga teng, ammo mashinalar va hatto avtobuslar oldingiga nisbatan ancha ixchamlashdi, shu bois bo‘laklarni 3 metrgacha toraytirish mumkin. Bu harakatni tartibga solish barobarida alohida yo‘l uchastkalarining o‘tkazish salohiyatini oshirishga yordam beradi.

Hokim mashinalar parkovkasi masalani hal qilish maqsadida 30 ta ko‘p sathli avtoturargohlar qurilishini xabar qilib, bu ishlar bilan shug‘ullanishga tayyor tadbirkorlarni hamkorlikka chaqirdi.

Hokim o‘rinbosari, “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi raisi Otabek Sodiqov poytaxt uchun 200 dona (jumladan, yuqorida tilga olingan 80 ta avtobus ham) yangi Isuzu avtobuslari xarid qilinayotgani haqida ma’lumot berdi. Katta sig‘imdagi avtobuslarni yetkazish ishlari esa 2017-yildan qayta yo‘lga qo‘yiladi. Yiliga o‘rtacha 100 dona bunday avtobuslar olib kelinadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн