Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga materiallar qabuli davom etmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 969           Дата: 31-03-2016, 12:14          
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi (JIU) 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlab, Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda “Oltin qalam” XI Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov o‘tkazmoqda.

“Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga materiallar qabuli davom etmoqda

Tanlovga 2015-yilning 31-martidan 2016-yilning 31-martigacha — bir yil davomida gazeta va jurnallarda chop etilgan, radio orqali efirga uzatilgan hamda televideniyeda ko‘rsatilgan va internet nashrlarida berilgan materiallar 2016-yilning 10-apreligacha qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari uchun quyidagi mukofotlar ta’sis etilgan:

  • Jurnalistika sohasida bosh milliy mukofot.

Asosiy mukofotlar:

  • Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (televideniye – 1-, 2-, 3-o‘rinlar);
  • Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (radio – 1-, 2-, 3-o‘rinlar);
  • Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (bosma OAV – 1-, 2-, 3-o‘rinlar);
  • Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (internet-jurnalistika – 1-, 2-, 3-o‘rinlar).

Bundan tashqari, “Eng yaxshi fotoreportaj” va “Eng yaxshi matbuot xizmati” yo‘nalishlarida rag‘batlantiruvchi mukofotlar uchun nominatsiyalar nazarda tutilgan. Mazkur nominatsiyalar g‘oliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va eng kam ish haqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, tanlovda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, O‘zbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish Jamoat fondi, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, BMTning Axborot ofisi, “Hududiy muloqot” (Sloveniya), USAID’ning O‘zbekistonda sil kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha dasturi, Germaniya Xalq universitetlari DVV International xalqaro assotsiatsiyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rag‘batlantiruvchi nominatsiyalarda o‘z mukofotlarini ta’sis etgan.

Tanlov g‘oliblarini tantanali mukofotlash marosimi 2016-yil 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni “Turkiston” saroyida o‘tkaziladi.

Tanlov haqida, uning shartlari va talablari haqida batafsil axborotni JIU saytida olish mumkin.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031