Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Namanganda kiyim dizayni markazi ochilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 340           Дата: 31-03-2016, 12:14          
Namanganda kiyim-kechak modeli va dizayni asoslari bo‘yicha O‘zbekistonda kiyim dizayni markazi ochilishi kutilmoqda. Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi “Daryo”ga xabar berdi.

Namanganda kiyim dizayni markazi ochilmoqda

Markazning maqsadi ayollar va yoshlarning kasbiy ko‘nikmalari va qobiliyatlarini yaxshilash, aholining ish topish imkoniyatlarini kengaytirish, tayyor mahsulotlarning raqobatbardoshligi va sifatini oshirishdan iborat.

Markaz klassik kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi fabrikalardan birining asosida yaratilib, amaliy ko‘nikma va qobiliyatlarga ega bo‘lgan va ishlab chiqarishning talablariga javob beradigan dizaynerlarni tayyorlaydi. Shuningdek, “Istiqlol dizayn markazi” zamonaviy uskunalar bilan jihozlanib, unda zamonaviy CAD tizimi yordamida kerakli modellarni yaratish, 3D o‘lchamda modellash, raqamlash, turli eskizlarni o‘z kattaligida bosib chiqarish va dizaynerlar ishini ancha yengillashtiruvchi hamda mahsulot sifatini yaxshilashga yordam beruvchi boshqa imkoniyatlar mavjud bo‘ladi.

O‘quv markazining o‘quvchilari kasb-hunar kollejlari, oliygohlar bitiruvchilari orasidan olinib, o‘quv mashg‘ulotlarini va ishlab chiqarish amaliyotini xorijda malakasini oshirib kelgan o‘qituvchilar olib boradi. Rejaga ko‘ra, markazda dizayner va modelyer kasbini yiliga 48 nafar mutaxassis o‘zlashtiradi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Dizayn markazi Savdo-sanoat palatasi va BMTTDning “O‘zbekiston biznes-forumi (3-bosqich)” loyihasi doirasida hamda Sasol kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi taqdim etgan moliyaviy yordam evaziga tashkil etilmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031