Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Igor Manndan ma’lumotlarning g‘oyat ulkan miqdori: bir kunning o‘zida ikkita seminar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 290           Дата: 30-03-2016, 15:12          
Marketing nazariyasini bilish — bu hali uni muvaffaqiyatli qo‘llay olishingizning dalili emas. Amaliy ko‘nikmalar nazariyani boyitadi va unga moddiy tus beradi. Shuning uchun amaliy tajribaga ega mutaxassislar juda qadrli hisoblanadi. Ammo ushbu tajriba va bilimlar bilan o‘rtoqlasha oladiganlar yanada katta qadr-qimmatga ega. Igor Mann aynan shunday professionallar qatoriga kiradi: ko‘p yillik muvaffaqiyatli amaliyot ilmiy tajriba, ma’ruzalar o‘qish va kitoblar yozish bilan yonma-yon joylashgan.

Igor Manndan ma’lumotlarning g‘oyat ulkan miqdori: bir kunning o‘zida ikkita seminar

27-aprelda Igor Mann Toshkent biznes-hamjamiyatiga bir vaqtning o‘zida ikkita — “1 raqami: qanday qilib o‘z ishingda eng sarasiga aylanish mumkin?” va “Budjetsiz marketing. Yangi vositalar” mavzusiga bag‘ishlangan seminarlarni taqdim etadi. Bizning vazifamiz esa olingan ma’lumotlardan bor-yo‘g‘i xatosiz foydalana olish — tinglash, o‘rganish, eng muhim vazifalarni joy-joyiga to‘g‘ri qo‘ya olish va barcha yangi olingan bilimlarni amalda qo‘llay bilishdir.

O‘zini o‘zi rivojlantirish, to‘g‘ri tarzda maqsad qo‘ya bilish va, umuman olganda, o‘zini o‘zi kamolotga yetkazish borasidagi har qanday faoliyat qanchalik muhim ekanligini barcha ham anglasa-da, aksariyat kishilar bu yo‘lda ongsizlik va chalkashlikka yo‘l qo‘yadi. Barcha yuksak tilaklaringizni aniq va batafsil rejaga solsangiz, nima bo‘lishi borasidagi savol bilan o‘zingizga hech murojaat qilganmisiz? Muddatlarni belgilab olish va yaqin qadamlarni mo‘ljallash va, eng asosiysi, bularning barini hayotga tatbiq eta olish haqida-chi?

Seminarning butun birinchi qismi aynan shunga — maksimal darajadagi samaradorlikka qanday qilib erishish mumkinligi borasidagi tayyor andoza bilan tanishishga bag‘ishlangan. Igor Mann kasbda muvaffaqiyatga erishishning o‘z usuli va tanlagan sohangizda 1-raqamli mutaxassisga aylanishning bosqichma-bosqich rejasini siz bilan o‘rtoqlashadi.

Xususan, u quyidagi mavzularni batafsil yoritib beradi:

  • Maqsad qo‘yish mahorati: qaysi sohada 1-raqamli bo‘lmoqchi ekanligingizni va bu sizga nima uchun kerakligini aniqlaymiz.
  • Sizda mavjud resurslarni va ichki auditni, qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lida tayanch nuqtalarini qayta baholash.
  • Kelgusida nima qilish kerak? O‘z rivojlanishimiz yo‘liga bor kuchimizni sarflaymiz: aniq nimaga va qanday qilib?
  • Olg‘a siljishlar va natijalar: marraga yaqinlashamiz.

Ikkinchi seminar sizga qo‘shimcha mablag‘ jalb etish va mijozlaringizni ushlab qolish yuzasidan 85 ta samarali, amaliy natija keltiruvchi budjet usullarini taqdim etadi. Seminar tinglovchilari uchun foydali biznes mashqlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular davomida muayyan muammolar va savollarni yechish bo‘yicha turli g‘oyalar muhokama qilinadi hamda vaziyatlar modellashtiriladi. Siz odatiy topshiriqlarga boshqa burchakdan turib qaray olishingiz mumkin bo‘ladi.

Tinglovchilar nafaqat tez-tez qo‘llaniladigan marketing vositalari, sovg‘a sertifikatlari va sodiqlik kartalarining samaradorligi haqida, balki brendni olg‘a siljitishning yangi qiziqarli usullari haqida ham bilimga ega bo‘la oladi.

Qolaversa,

  • Siz o‘zingiz uchun yangi mijozlarni jalb qilishga yordam beradigan sotuvlarning qo‘shimcha kanallarini kashf qila olasiz;
  • Resurslarni to‘g‘ri taqsimlash va mavjud salohiyatni qo‘llash uchun o‘z xodimlaringiz tarkibini sifat jihatidan tahlil qila olasiz;
  • Mablag‘lar oqiminining yengil o‘tishini ta’minlash uchun sotuvlar aylanmasi bilan ishlashni o‘rganasiz;
  • Mijozlar va hamkorlarni ushlab qolish yuzasidan samarali va qimmat bo‘lmagan maslahatlar olasiz;
  • Mijozlarni va hamkorlarni qaytarishning yangi ekologik usullarini o‘zingiz uchun kashf qilasiz.

Ucell mobil aloqa operatori — seminarning bosh telekommunikatsion hamkori. I.Manning 2015-yilgi ilk seminariga kompaniyaning o‘ndan ortiq xodimlari tashrif buyurdi va hozirda o‘zlashtirilgan bilimlarni muvaffaqiyatli tadbiq etmoqdalar. Jumladan, o‘tgan yili iyulda bo‘lib o‘tgan “Kliyentomaniya” seminarining foydasini alohida qayd etish zarur. O‘zbekiston xususiy biznesiga birinchilardan bo‘lib Ucell mobil operatori taklif qilgan, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yangi maxsus BEST va SPECIAL tarif rejalari mijozga yo‘naltirilgan yondashuvning misoli bo‘lib xizmat qildi. Igor Manning biznesni ilgari surishda eng sara strategiyalariga munosib amaliyot maydoni topildi. Endi samarali marketing uchun yangi vositalarni aniqlab olish kifoya!

Igor Manning ikkala seminari joriy yilning 27-aprelida Wyndham Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Dasturda ishtirokchilarning munozaralari uchun tanaffuslar ko‘zda tutilgan. Barcha tinglovchilarga seminarda qatnashganliklari haqida rasmiy sertifikat topshiriladi. Tadbir haqida va chiptalarni xarid qilish borasidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni www.change.uz saytidan va (+99890) 994-12-11, (+99890) 995-12-11 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Ma’ruzachi haqida

Igor Mann — Rossiyada katta talabga ega, marketing bo‘yicha amaliyotchi-trener. Marketing bilan 1993-yildan buyon shug‘ullanib kelmoqda. Rossiya Marketologlar birlashmasi fikriga ko‘ra, yil konsultanti. 15 ta ta’lim dasturlari va kitoblarining muallifi. Ular qatorida “Marketing na 100%”, “Bez budjeta”, “Marketing Mashina” va boshqalar bor. “Mann, Ivanov i Ferber” nashriyoti, “Sila Uma”, “Marketing Mashina”, PushBooks internet-loyihalari hamkori va ta’sischilaridan biri. Amerika, Yevropa va Rossiya kompaniyalarining marketing sohasidagi 20 yillik faoliyat tajribasiga ega (marketing kommunikatsiyalari bo‘yicha menejer, marketing bo‘yicha direktor lavozimlaridan tortib, tijorat ishlari bo‘yicha direktor va marketing bo‘yicha mintaqaviy direktor lavozimigacha). 12 yildan ortiq muddat davomida marketing bo‘yicha direktor lavozimida faoliyat yuritdi. Mazkur muddatning 5 yili Amerikaning Lucent va Avaya kompaniyalarida o‘tdi. Igor Mann korporativ va ochiq treninglarini muntazam ravishda tashkil etadi. O‘tgan davr mobaynida uning trening va seminarlarida 500 000 dan ziyod kishi ishtirok etdi.

Reklama huquqi asosida. “Daryo” ushbu tadbirning axborot hamkori hisoblanadi

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн