Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ispaniyadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba qizning yaqinlari uning xotirasini yodga oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 137           Дата: 28-03-2016, 12:09          
20-mart kuni Ispaniyaning Tarragona provinsiyasida yuz bergan avtohalokat turli mamlakatlardan kelgan 13 nafar talabaning hayotiga zomin bo‘ldi. Ular orasida Avstriyaning MODUL universitetida tahsil olayotgan samarqandlik Mohina Abdusaidova ham bor edi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Ispaniyadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba qizning yaqinlari uning xotirasini yodga oldi

Mohina Abdusaidovlar oilasidagi uch qizdan eng kichigi edi. Katta opasi Nyu-York universitetlaridan birini bitirib, hozirda Ispaniyada kriminalistika sohasida ishlamoqda, o‘rtancha qiz Venada huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil olmoqda. Oiladagi o‘g‘il farzand ham Avstriyadagi gimnaziyada o‘qimoqda.

Mohinaning otasi Yusuf Abdusaidov qizi ishtiyoq bilan o‘qiganini, hatto unga tanbeh berishgachgina, dars tayyorlash vaqtida tanaffuslar qilib turganini aytib berdi. U Samarqanddagi 35-maktabni bitirib, Venaga jo‘nab ketgan va u yerda nemis tilida o‘rta ta’limni tugallagan. So‘ng tahsil ingliz tilida olib boriladigan MODUL universitetiga o‘qishga kirgan.

“Ushbu universitet to‘rt nafar eng yaxshi talabalarni almashuv dasturi bo‘yicha boshqa OTMlarga jo‘natgan. Mohina Ispaniyani tanladi, u yerda bir semestr davomida o‘qib kelishi kerak edi. Qisqa vaqt ichida u o‘zini shunchalik ko‘rsata oldiki, guruh ichidan ikki kishini, jumladan uni ham Yevroparlamentga jo‘natish uchun tanlab olishgan. Bilishimcha, talabalar deputatlar bilan muloqot qilishi, shu orqali ularning va OTMlardagi o‘quv jarayonining darajasini baholashlari kerak edi”, — dedi Yusuf aka.

20-mart kuni ertalab Yusuf aka odatdagidek, internetda dunyo yangiliklarini o‘qib o‘tirganida, Ispaniyadagi avtohalokatdan xabar topdi. Hech narsa haqida shubhalanmagan holda, Mohinaga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘ldi. Uning telefoni javob bermadi, bu bir necha marta takrorlandi.

Ispaniya politsiyasiga qo‘ng‘iroq qilib, hech qanday ma’lumotga ega bo‘la olmagach, Yusuf aka u yerga o‘zi borishga qaror qildi. 20-mart kuniyoq, kunning ikkinchi yarmida yo‘lga otlandi. Barselonaga yetib kelgach, politsiya uchastkasiga kirib, qizi haqida so‘radi. Politsiyachilar Aragon bilan bog‘landi va u uchun mashina yuborishlarini aytdi. “Shundagina qandaydir noxushlik yuz berganini sezdim”, — dedi u.

Ota 22-mart kuni Mohinaning jasadini olib, ortga qaytdi. “Ushbu mash’um YTHda halok bo‘lganlarning vatanlari — 16 mamlakatdan Ispaniyaga bir necha ming kishi yetib keldi. U yerda hatto Italiya bosh vaziri ham bor edi, marhumlar orasida ushbu mamlakatdan yetti talaba bor edi”, — dedi Mohinaning otasi.

“Katta qizim Mohinaning elektron pochtasini ochib, u 19-mart kuni tongda o‘z rezyumesini BMT va YXHTga stajirovka uchun jo‘natganini ko‘rdi. Demak, u buni avtobusga o‘tirishdan sal avvalroq amalga oshirgan. U yashashga shoshardi. Men va rafiqam uchun hayot ushbu dahshatli fojiadan oldingi va undan keyingi qismlarga bo‘lindi. Bizning uch farzandimiz, nevaralarimiz bor, ammo…”

Mohinaning 35-maktabda birga o‘qigan sinfdoshi Mehrangiz Ahrorqulova uning dugonasi barcha sohada birinchi bo‘lishga intilgani, biroq atrofdagilardan ajralishga hech ham harakat qilmaganligini aytib berdi. “U sinfimizdagi eng uyatchan qiz edi. Uning asosiy va yagona maqsadi o‘qish edi, u til o‘rganishni yaxshi ko‘rardi. Maktabda biz ingliz tilini o‘rganardik, oltinchi sinfdan boshlab Mohina nemis tili bilan qo‘shimcha shug‘ullana boshladi”, — dedi u.

Mohinaning katta opasi u juda ko‘p dars qilgani, o‘qigani haqida gapirib berdi. “Uning o‘qish tashqari qiziqishlari ham ko‘p edi. Orzulari katta edi. U BMT, YXHT yoki MAGATEda stajirovka o‘tamoqchi edi. Shekspirni asl tilda mutolaa qilardi. U o‘qigan so‘nggi kitob — Paulo Koelyoning ‘Alkimyogar’i edi”, — deya qayd etdi opasi.

O‘z muvaffaqiyatlari bilan talabalar va o‘qituvchilar hurmatini qozongan o‘zbekistonlik talaba Mohina xotirasiga MODUL universiteti tepasida motam bayrog‘i ko‘tarildi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031