Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovining tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusida seminar o‘tkazildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 391           Дата: 28-03-2016, 12:09          
25-mart, juma kuni “Fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovining tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusida video-muloqot shaklida seminar o‘tkazildi. Bu haqda tadbirni tashkil qilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasiga tayanib, O‘zA ma’lum qildi. 

“Fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovining tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusida seminar o‘tkazildi

Unda Oliy Majlis Senati Kengashi Komissiyasi a’zolari, onlayn rejimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tashkiliy-nazorat guruhlarining rahbarlari, fuqarolar yig‘inlarida saylovni tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri komissiyalari raislari va a’zolari, ushbu komissiyalar huzurida tashkil etilgan axborot xizmatlari rahbarlari, tuman va shahar komissiyalari, “Mahalla” fondining hududiy bo‘limlari raislari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Seminar chog‘ida ishtirokchilar saylovga tayyorgarlik ko‘rishning barcha bosqichlari to‘g‘risida to‘liq axborot va tushuntirish oldi. Oliy Majlis Senati Kengashi Komissiyasi a’zolarining chiqishlarida saylovning tashkiliy-huquqiy asoslariga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar yig‘inlarida saylovni tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar va ishchi guruhlar oldida turgan vazifalar ko‘rib chiqildi hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Seminarda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari lavozimiga munosib nomzodlarni ko‘rsatish muhimligi aytildi. Mamlakat bo‘yicha 9764 nafar fuqarolar yig‘inlari raisini, shuningdek, ularning 99 mingdan ziyod maslahatchisi saylovini munosib darajada o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda mahalliy davlat hokimiyati organlari ko‘magining ahamiyati ta’kidlandi. 

Senatorlar, Senat Kengashi Komissiyasi a’zolari seminar ishtirokchilarining ko‘plab savollariga javob berdi. Tadbirlar rejasiga muvofiq hududiy ko‘maklashuvchi komissiyalar hamda ishchi guruhlar a’zolari, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokidagi bunday tadbirlarni barcha tuman va shaharlarda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн