Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Vengriya o‘zbekistonlik talabalar uchun 30 ta stipendiya dasturini ajratmoqchi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 476           Дата: 27-03-2016, 15:09          
23-mart kuni O‘zbekiston Respulikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida oliy ta’lim tizimidagi hamkorlik masalalarini o‘zaro muhokama qilish uchun Vengriya delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vengriya o‘zbekistonlik talabalar uchun 30 ta stipendiya dasturini ajratmoqchi

Unda vazir o‘rinbosari Laslo Sabo boshchiligidagi Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirligining 6 nafar xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida Vengriya tomoni O‘zbekiston bilan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning rivojlanishi yo‘lida istalgan sohalar yo‘nalishida 30 ga yaqin stipendiyalar dasturi ajratishga tayyor ekanligini bildirdi. Ushbu dasturlar 3 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichidagi kadrlarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi.

Ta’kidlash kerakki, mazkur stipendiyalarda xalqaro aviachiptalardan tashqari barcha to‘lovlar Vengriya tomonidan qoplanadi. O‘zbekistonlik talabalar ushbu dasturlardan biri — BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tashkiloti — FAO (Food and agriculture organization of the United Nations)ning stipendiya loyihasida qatnashishi mumkin.

Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston va Vengriya davlatlari oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish ham muhokama qilindi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Апрель 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
    3456789
    10111213141516
    17181920212223
    24252627282930