Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan litsenziyasiz taksichilar ma’muriy javobgarlikka tortildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 497           Дата: 24-03-2016, 18:05          
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan tegishli idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari noqonuniy ravishda kirakashlik faoliyati bilan shug‘ullanishning oldini olishga xizmat qilmoqda. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar beradi.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan litsenziyasiz taksichilar ma’muriy javobgarlikka tortildi

Jumladan, Bog‘ot tumanida yashovchi fuqaro Komiljon Matkarimov muqaddam shunday huquqbuzarlik, ya’ni noqonuniy ravishda aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatganligi sababli ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lishiga qaramasdan, hech qanday hujjatsiz, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan, takroran aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatib yurganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro K.Matkarimovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumani sudining 2015-yil 18-noyabrdagi hukmi bilan fuqaro K.Matkarimovga nisbatan har oylik ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda bir yil muddatga axloq tuzatish ishi jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, Hazorasp tumanida yashovchi fuqaro Otabek Matyoqubov yuqoridagi kabi huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun unga nisbatan ham jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tumani sudining 2016-yil 22-fevraldagi hukmi bilan fuqaro O.Matyoqubovga nisbatan har oylik ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil muddatga axloq tuzatish ishi jazosi tayinlangan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн