Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bosh prokuratura o‘zining yangi saytini taqdim etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 944           Дата: 24-03-2016, 09:40          
O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi 23-mart, chorshanba kuni prokuratura.uz manzilida joylashgan yangi saytining taqdimotini o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Bosh prokuratura o‘zining yangi saytini taqdim etdi

Bosh prokuratura matbuot xizmati boshlig‘i Gulnoza Rahimova ma’lum qilishicha, saytning yangi versiyasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy saytlariga qo‘yiladigan asosiy talablardan kelib chiqib yaratilgan. Saytning mobil versiyasi va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun mo‘ljallangan versiyasi ham paydo bo‘ldi.

Yangi “Faoliyat” bo‘limida prokuratura organlarining ochiqlikni ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishlari haqida ma’lumotlar e’lon qilinadi.

Resursda hududiy prokuraturalar va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar, Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining sahifalari ham taqdim qilingan bo‘lib, foydalanuvchilarning qulayligi uchun ular bitta blokka birlashtirildi. Endilikda O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tuzilmasi bilan bir qatorda, hududiy yangiliklar, viloyat prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar, Bosh prokuratura huzuridagi Departament faoliyati haqidagi axborot xarakteriga ega qisqa ma’lumotlar, shuningdek, prokurorlik nazoratiga oid ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

“Interaktiv xizmatlar” blokiga kiruvchilar uchun nafaqat Bosh prokuraturada, balki viloyat prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda fuqarolarni qabul qilish jadvallari bilan, shuningdek, qabulni tashkillashtirishga mas’ul bo‘lgan xodimlar bilan bog‘lanishga oid ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, “Murojaat yuborish” internet-qabulxonasi orqali har qanday fuqaro yoki yuridik shaxs qonun buzilishlari haqida ariza, shikoyat, murojaat yuborishi mumkin.

Shuningdek, sayt bepul huquqiy maslahat olish imkoniyatini beradi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн