Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Toshkentning tabarruk ziyoratgohlari” nomli kitob nashrdan chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 007           Дата: 24-03-2016, 09:40          
“Navro‘z” nashriyoti tomonidan joriy yilda “Toshkentning tabarruk ziyoratgohlari” deb nomlangan kitob nashrdan chiqdi, deb yozadi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi matbuot xizmati. Ushbu kitob Toshkentning 2200 yillik yubileyiga bag‘ishlab chiqarilgan “Toshkentnoma” (2004, 2009) kitobining davomi sifatida yana to‘liq ma’lumot bilan boyitilgan.

“Toshkentning tabarruk ziyoratgohlari” nomli kitob nashrdan chiqdi

Ushbu risolada hozirgi Toshkent hududida yashab, faoliyat olib borgan ilm-fan, ma’rifat va madaniyat rivojiga hissa qo‘shgan olimlar, aziz-avliyolarning ibratli hayoti, ularning fikrlari va hikmatlari bayon qilingan. Risola mualliflari bir qator tarixshunos olimlar, me’moriy yodgorliklar mutaxassislari, arxeolog va manbashunoslar ko‘magi bilan hozirgacha saqlanib qolgan yozma manbalar va og‘zaki rivoyatlar asosida to‘plangan.

Risola 130 sahifadan iborat va 40 nafar aziz-avliyolar (Qaffol Shoshiy, Zangi Ota, Cho‘pon ota kabi), 6 nafar Toshkent hokimlari va 30 ga yaqin Toshkentning taniqli ziyoli va amaldorlari (Chilonzor ota, Yalang‘och Ota kabi) haqida ma’lumotni o‘z ichiga jamlagan.

Kitob so‘ngida “Toshkentdagi aziz insonlarning payg‘ambarimizga qadar bo‘lgan shajaralari” hamda “Ko‘hna Toshkentning daha va darvozalari xaritasi” ilova qilingan.

Ushbu kitob Toshkentdagi ko‘plab ko‘cha, mahalla, tuman kabi joy nomlari (toponimlar) kelib chiqishi, ziyoratgohlar tarixiga qiziquvchi kitobxon uchun zarur manba bo‘lishidan tashqari, sayyohlik kompaniyalari va gidlar  uchun chet ellik va mahalliy sayyohlarni ziyoratgohlar bilan tanishtirish ekskursiyalarida foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi mumkin.Yaqin kunlarda kitobning rus va ingliz tilidagi tarjimalari ham sotuvga chiqariladi.

“Toshkentning tabarruk ziyoratgohlari” kitobini Toshkent shahridagi kitob do‘konlaridan xarid qilish mumkin.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн