Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Fransiya elchisi 6 nafar o‘zbekistonlikka Akademik Palma ordenini topshirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 445           Дата: 23-03-2016, 18:16          
17—18-mart kunlari nishonlangan Frankofoniya bayrami munosabati bilan Fransiya elchisi o‘z qarorgohida qabul marosimi o‘tkazdi. Unda Xalqaro Frankofoniya tashkilotiga a’zo davlatlarning Toshkentdagi elchilari, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti rektorlari, fransuz tili o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar beradi.

Fransiya elchisi 6 nafar o‘zbekistonlikka Akademik Palma ordenini topshirdi

Qabul marosimida Fransiya elchisi olti nafar o‘zbekistonlikka Akademik Palma ordenini topshirdi. Mukofotlanganlar ro‘yxati:

  • Shuhrat Qayumov, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti rektori;
  • Islom Dehqonov, Farg‘ona Davlat universiteti o‘qituvchisi;
  • Svetlana Makaryans, Toshkent shahar pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti metodisti;
  • Irina Mavlanova, Buxorodagi “Isteza” fransuz madaniyat markazi direktor muovini;
  • Pathiddin Nishonov, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi;
  • Aziza Zoirova, Qarshi Davlat universiteti fransuz tili o‘qituvchisi va chet tillar fakulteti dekani muovini.
  • Fransiya davlatining faxriy mukofoti hisoblanmish Akademik Palma ordeni bilan Fransiya fuqarolari ta’lim sohasida ko‘rsatgan buyuk xizmatlari uchun yoki xorijliklar fransuz tili va madaniyatini targ‘ib etishdagi faol ishtiroki uchun taqdirlanadi.

    - deb xabar beradi Daryo nashri.


    Похожие музыки

    Похожие клипы

    Добавить комментарий

    avatar

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Декабрь 2016    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     1234
    567891011
    12131415161718
    19202122232425
    262728293031