Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda 2016-yil boshida ishsizlik darajasi 5,2 foizni tashkil etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 478           Дата: 23-03-2016, 12:43          
2015-yilning yanvar—dekabr oylarida iqtisodiy faol aholi soni 13 767,7 ming kishini yoki aholi umumiy sonining 44 foizini tashkil qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining 2015-yilning yanvar—dekabr oylaridagi asosiy iqtisodiy vа ijtimoiy ko‘rsаtkichlаrga bag‘ishlangan ma’ruzasida aytiladi.

O‘zbekistonda 2016-yil boshida ishsizlik darajasi 5,2 foizni tashkil etdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hisobot davrida iqtisodiyotda band bo‘lgan aholi soni 13 058,3 ming kishini tashkil qildi va 2014-yilning shu davriga nisbatan 1,9 foizga oshdi.

Bandlar sonining sezilarli o‘sish darajasi transport va aloqa sohasida (3,8 foizga), uy-joy kommunal xo‘jaligi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishning noishlab chiqarish turida (3,6 foizga), savdo, umumiy ovqatlanish, ta’minot va tayyorlov sohasida (3,5 foizga) va qurilishda (3,3 foizga) kuzatildi.

2015-yilning yanvar—dekabrida iqtisodiy faol aholining bandlik darajasi (iqtisodiyotda band aholining iqtisodiy faol aholi soniga nisbati) 94,8 foizni tashkil etdi.

Nodavlat sektorida band bo‘lganlarning jami bandlar sonidagi ulushi 82,2 foizga yetdi, bu ko‘rsatkich 2014-yilning shu davrida 81,9 foizni tashkil qilgan.

2015-yil dekabr oyi oxiriga mehnat idoralarida ish qidiruvchilar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan aholi soni 2,7 ming kishini tashkil qildi va bu ko‘rsatkich 2014-yilning shu davriga (3,4 ming kishi) nisbatan 20,5 foizga kamaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2007-yil 24-maydagi 106-sonli qarori bilan tasdiqlangan ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hisobga olish metodikasiga asosan aniqlangan ishsizlar soni 2015-yil yanvar—dekabrida 709,4 ming kishini tashkil qildi va iqtisodiy faol aholi soniga nisbatan ishsizlik darajasi 5,2 foizga teng bo‘ldi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн