Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentning bir qator tumanlarida sovuq suv rejali asosda o‘chiriladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 755           Дата: 23-03-2016, 12:43          
29-martdan 12-maygacha Toshkent shahrining bir qator tumanlarida sovuq suv o‘chirilishi hamda suv quvurlari tarmoqlarida bosimning pasaytirilishi rejalashtirilgan. “Gazeta.uz”ning “Suvsoz” korxonasiga asoslanib xabar berishicha, bu bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik va ta’mirlash-profilaktika ishlarining boshlanishi bilan bog‘liq.

Toshkentning bir qator tumanlarida sovuq suv rejali asosda o‘chiriladi

Ishlar quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

29-mart 9:00 dan 30-mart 9:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Mirzo Ulug‘bek tumani: Ahmad Yugnakiy, al-Forobiy nomli mahallalar, “Humoyun” mahallalari, Sil kasalligi dispanseri, neyroxirurgiya shifoxonasi.

30-mart 9:00 dan 31-mart 9:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Olmazor tumani: Sag‘bon ko‘chasi, 11 va 13-Sag‘bon tor ko‘chalari, G‘ani A’zamov nomli mahalla, “Ahilobod”, “Guzarboshi” mahallalari, Qoraqamish-2/1, 2/5, 1/3 dahalari.

Suv bosimining pasaytirilishi — Olmazor tumani: Qoraqamish-1/4 dahasi, “Chimboy” mahallasi, Turin universiteti va litseyi.

31-mart 9:00 dan 1-aprel 9:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Uchtepa tumani: G-9, G-9A, 10 kvartallari. Farhod bozori, Farhod ko‘chasidagi savdo rastalari, Jahon tillari universiteti.

4-aprel 9:00 dan 5-aprel 9:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Yunusobod tumani: “Shodlik” mahallasi.

Suv bosimining pasayishi — Yunusobod tumani: RK-4, “Zenit” zavodi.

5-aprel 9:00 dan 6-aprel 9:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Sirg‘ali tumani: Janubiy sanoat zonasi.

Suv bosimining pasayishi — Sirg‘ali tumani: Sirg‘ali-3, 4 dahalari.

7-aprel 21:00 dan 8-aprel 20:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Shayxontohur tumani: “Koxota”, “Labzak”, “Shayxontohur”, “Hadra”, “Janggoh” mahallalari, Qozog‘iston elchixonasi, non zavodi.

Suv o‘chirilishi — Yunusobod tumani: “Oqibat”, “Jomiy”, “Otchopar”, “Usta Shirin”, “Yangiariq”, “To‘rtqo‘rg‘on” mahallalari, 13-kvartaldagi 9 qavatli uylar.

Suv o‘chirilishi — Chilonzor tumani: O‘zbekiston, Olmazor ko‘chalari.

Suv bosimining pasaytirilishi — Shayxontohur tumani: Navoiy ko‘chasi, “Olmazor” mahallasi.

11-aprel 9:00 dan 12-aprel 9:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Yakkasaroy tumani: Bog‘ibo‘ston ko‘chasi, Cho‘ponota ko‘chasidan Farhod ko‘chasiga qadar, Yakkasaroy, Saroy, Dilxiroj ko‘chalari, 3–4-Yakkasaroy tor ko‘chalari.

12-aprel 9:00 dan 13-aprel 9:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Mirobod tumani: Mirobod, Afrosiyob, Oybek dahalari, Avliyoota, Mironshoh ko‘chalari tor ko‘chalari bilan birga, Oq yo‘l, Bog‘ishamol, Nukus, Mirobod, Shahrizabz, Oybek, Said Baraka, Amir Temur, Turkiston ko‘chalari, Rossiya elchixonasi, Katta Mirobod tor ko‘chalari.

Suv o‘chirilishi — Yakkasaroy tumani: Abdulla Qahhor, Sulaymonov, Yunus Rajabiy nomli mahallalar, “Domariq”, “Turkiston”, “Konstitutsiya”, “Tepa” mahallalari.

Suv bosimining pasaytirilishi — Chilonzor tumani: “2, 3-Charx Kamolon”, “Lutfiy”, “1-Qatortol”, “Mevazor”, “Cho‘ponota”, “Gulxaniy”, “Olmazor” mahallalari, 8–9-kvartallar, Yangi Baynalmilal ko‘chasi.

Suv bosimining pasaytirilishi — Shayxontohur tumani: “Cho‘ponota”, “Yangiobod” mahallalari.

13-aprel 9:00 dan 14-aprel 9:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Yunusobod tumani: Mingo‘rik, Qozitarnov ko‘chalari, “Mingo‘rik”, Firdavsiy mahallalari.

Suv bosimining pasaytirilishi — Yunusobod tumani: Inoqobod, Girgirtepa, Aliyev, Bahodir ko‘chalari.

Suv bosimining pasaytirilishi — Mirzo Ulug‘bek tumani: Oqqo‘rg‘on, Katta Darxon ko‘chalari.

18-aprel 9:00 dan 19-aprel 9:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Uchtepa tumani: “Katta Qani”, “Cho‘ponota” mahallalari, Izza bozor.

Suv bosimining pasaytirilishi — Uchtepa tumani: “Tokzor” mahallasi.

Suv bosimining pasaytirilishi — Zangiota tumani: “Cho‘ponota” mahallasi.

19-aprel 9:00 dan 20-aprel 9:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Mirzo Ulug‘bek tumani: 5–7-Sayram tor ko‘chalari, Ahmad Yassaviy nomli mahalla.

Suv bosimining pasaytirilishi — Mirzo Ulug‘bek tumani: Sodiq Azimov ko‘chasi, O‘zbekiston ovozi ko‘chasidan Taraqqiyot ko‘chasiga qadar.

Suv bosimining pasaytirilishi — Yashnobod tumani: Sodiq Azimov ko‘chasi, Taraqqiyot ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasiga qadar.

Suv bosimining pasaytirilishi — Sodiq Azimov ko‘chasi, Istiqlol ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasiga qadar, Fidokor ko‘chasi.

20-aprel 9:00 dan 21-aprel 21:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Sirg‘ali tumani: Choshtepa, Uzar ko‘chalari, Alisher Navoiy nomli mahalla, “Choshtepa” mahallasi.

21-aprel 9:00 dan 22-aprel 12:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Shayxontohur tumani: Ibn Sino-1, 2, Beltepa dahalari, “Beltepa”, “Yangi Beltepa”, “Yangi Jarariq”, “O‘zbekiston”, “Oqtepa” mahallalari, Doka-non.

25-aprel 9:00 dan 26-aprel 9:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Yashnobod tumani: Tuzel-1-4 dahalari.

Suv bosimining pasaytirilishi — Yashnobod tumani: “Semurg‘” zavodi, Parkent ko‘chasining 4–7-tor ko‘chalari.

26-aprel 9:00 dan 27-aprel 9:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Mirzo Ulug‘bek tumani: “O‘zbekenergo” shifoxonasi, TLZ, Ziyolilar ko‘chasi, “Sayram” mahallasi.

28-aprel 9:00 dan 29-aprel 9:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Yunusobod tumani: Bodomzor, Osiyo, Inoqobod ko‘chalari, 3-Xalqobod tor ko‘chasi, Kichik avtomobil halqa yo‘li, Bodomzor ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasiga qadar, Teleminora.

Suv bosimining pasaytirilishi — Yunusobod tumani: S-4, Niyozbek yo‘li ko‘chasi tor ko‘chalari bilan birga, Oloy bozori tor ko‘chasi.

3-may 9:00 dan 4-may 9:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Uchtepa tumani: “O‘rikzor” mahallasi.

Suv bosimining pasaytirilishi — Uchtepa tumani: O‘rikzor dahasidagi “O‘rikzor” va “Ko‘ksaroy” mahallalari.

4-may 9:00 dan 5-may 9:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Mirzo Ulug‘bek tumani: Yalang‘och dahasi, Ne’mat, Shahriobod, Olimlar, Ziyolilar ko‘chalari, harbiy gospital, Chexiya elchixonasi, 5-bolalar shifoxonasi, Inha universiteti.

5-may 9:00 dan 6-may 9:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Yunusobod tumani: “Kulolqo‘rg‘on”, “Anorzor” mahallalari, 11, 12-kvartallar.

11-may 9:00 dan 12-may 9:00 gacha

Suv o‘chirilishi — Uchtepa tumani: infeksion shifoxona, O‘zDJTU, “Paxtakor”, “Ko‘kcha”, “Oqtepa”, “Jurjoniy” mahallalari, RK-5.

Suv bosimining pasaytirilishi — Uchtepa tumani: Chilonzor dahasining 11–15, 21, 22, 24-kvartallaridagi uylarning yuqori qavatlari.

Suv yo‘q hududlarga suv tashuvchi mashinalar yo‘llanadi.

Murojaat uchun telefonlar: 256-10-95, 252-55-78, 252-60-08.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн