Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“16 kilogrammli giryani 3-pozitsiya Captiva’ga almashaman”. O‘zbekistonda “girya vasvasasi”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 496           Дата: 23-03-2016, 12:02          
Facebook ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjerining o‘zbekistonlik foydalanuvchilari orasida sovet davrida tayyorlangan 16 va 32 kilogrammlik girya (polvontosh)larni bir necha yuz AQSh dollaridan bir necha ming AQSh dollarigacha bo‘lgan narxda sotib olishga tayyor xaridorlarning e’lonlari ommalashib ketdi.

“16 kilogrammli giryani 3-pozitsiya Captiva’ga almashaman”. O‘zbekistonda “girya vasvasasi”

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan e’lonlar orasida 16 kilogrammlik giryaga Chevrolet Captiva avtomobilini almashtirishga tayyorligini bildirganlar, girya uchun iPhone smartfonini almashtirmoqchi bo‘layotganlar ham bor. Xaridorga sovet davrida ishlab chiqarilgan bunday giryalar nima uchun kerakligi, toshning bu qadar qimmat baholanishi sababi ma’lum emas.

“16 kilogrammli giryani 3-pozitsiya Captiva’ga almashaman”. O‘zbekistonda “girya vasvasasi”

“Girya vasvasi”ning dastlabki davri yakuniga yetganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda girya xaridorlari aslida firibgarlar ekani haqidagi xabarlar, targ‘ibot materiallari (infografikalar) paydo bo‘ldi. Shunday infografikalarning eng ommalashgan birida, jumladan, shunday deyiladi:

“Firibgarlar internet orqali: ‘500 dollarga girya sotib olaman’, deb e’lon beradi. Qisqa vaqt ichida girya narxi bir necha barobar o‘sadi. Odamlar vasvasaga tushib, ‘tosh’ qidirishga tushadi. Oxirida aynan firibgarlar qimmat narxda ‘toshlar’ni sotishga kirishadi va o‘yindan chiqib, mamlakatni tark etadi (yoki qochadi)”.

“16 kilogrammli giryani 3-pozitsiya Captiva’ga almashaman”. O‘zbekistonda “girya vasvasasi”

Xabar berishlaricha, avvalroq shunday “girya vasvasasi” Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistonda ham kuzatilgan. Xususan, Rossiyada sodda odamlarni quyidagi yo‘l bilan chuv tushirishgani haqida forumlarda xabarlar yozib qoldirilgan:

“Xaridor giryani ko‘rib, 2000 dollar to‘lashga roziligini, faqat avval, giryaning ichida xaridorga kerakli metallar bor-yo‘qligini aniqlash uchun, toshni ekspertizadan o‘tkazish kerakligini aytadi. Ekspertiza narxi 250—300 dollar, ekspertiza haqini toshni sotuvchi to‘laydi. Ekspertiza, turgan gapki, girya ichida hech qanday qimmatbaho metall yo‘qligini ko‘rsatadi, shundan so‘ng xaridor uzr so‘rab, tosh egasi bilan xayrlashadi, 250—300 dollar esa ‘qulog‘ini ushlab’ ketadi”.

O‘zbekistonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida tarqalgan “girya vasvasasi”ga qarshi targ‘ibot materiallarida firibgarlar bungacha sovet tangalari, o‘sha davrda ishlab chiqarilgan “ZiL” muzlatgichlari, “Zinger” tikuv mashinalari bilan ham shunday vasvasa uyg‘otishga harakat qilgani haqida yozilgan. Xabarlarga ko‘ra, Qozog‘istondagi shunday vasvasa vaqtida bitta polvontosh uchun kvartira berishga tayyorlar ham topilgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн