Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston aholisi 31,5 milliondan oshdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 637           Дата: 23-03-2016, 12:02          
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yilning 1-yanvar holatiga respublika doimiy aholisining soni 31 576,4 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 553,9 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining 2015-yilning yanvar—dekabr oylaridagi asosiy iqtisodiy vа ijtimoiy ko‘rsаtkichlаrga bag‘ishlangan ma’ruzasida aytiladi. Shundan, 15 964 ming kishi shahar joylarida (aholi umumiy sonining 50,6 foizi) va 15 612,4 ming kishi qishloq joylarida (49,4 foizi) istiqomat qiladi.

O‘zbekiston aholisi 31,5 milliondan oshdi

2015-yilning yanvar—dekabrida tug‘ilganlar soni 735,8 mingtani tashkil qildi va 2014-yilning shu davriga (718,0 ming kishi) nisbatan 17,8 mingtaga ko‘paydi. Tug‘ilish koeffitsiyenti mos ravishda 23,5 promilleni tashkil qildi va 2014-yilning shu davriga (23,3 promille) nisbatan 0,3 promillega ko‘paydi.

Hisobot davrida o‘lganlar soni 152,9 mingtani tashkil qildi va 2014-yilning shu davriga (149,8 ming kishi) nisbatan 3,1 mingtaga ko‘paydi. Mos ravishda o‘lim koeffitsiyenti 4,9 promilleni tashkil qildi (2014-yil yanvar—dekabrda — 4,9 promille).

O‘lganlar umumiy sonidan 58,9 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,6 foizi o‘sma kasalliklaridan, 5,9 foizi ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan, 5,4 foizi nafas olish organlari kasalliklaridan, 6,6 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2015-yilning yanvar—dekabrida bir yoshga to‘lmagan 8,3 mingta bolalar o‘limi kuzatildi. Bolalar o‘limi koeffitsiyenti 11,4 promilleni tashkil qildi (2014-yilning yanvar—dekabrida — 10,8 promille).

Bir yoshgacha o‘lgan bolalarning umumiy sonidan 59,0 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 23,2 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 9,1 foizi – tug‘ma anomaliyalardan va 3,4 foizi infeksiya va parazitlar bilan kasallanganligi sababli vafot etgan.

2015-yilning yanvar—dekabrida FHDYo organlarida 287,6 mingta nikoh va 29,6 mingta ajralish ro‘yxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 9,2 ta nikoh (2014-yilning tegishli davrida – 9,6 ta) va 0,9 ta ajralishlar (2014-yilning tegishli davrida – 0,9 ta) to‘g‘ri keladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2015-yilning yanvar—dekabr oylarida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 139,6 ming kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 168,6 ming kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig‘i minus 29,0 ming kishiga (2014-yilning shu davrida minus 38,5 ming kishi) teng bo‘ldi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн